Ro'ziqul Berdiev: “Birinchi bo'limdan so'ng “Lokomotiv” haqida o'ylay boshladim”
08 avg 2014 18:17
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: “Birinchi bo'limdan so'ng “Lokomotiv” haqida o'ylay boshladim”
Nasaf Samarqandda “Dinamo” mehmoni bo'lib, raqib darvozasiga javobsiz besh marta to'p kiritib o'ta yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi.
To'g'risini aytish kerakki, bunday natija sodir bo'lishini hech kim kutmagandi. Lekin futbolda mana shunday holatlar ham uchrab turadi. Endi qarshiliklarni oldinda “Lokomotiv” bilan kechadigan markaziy uchrashuv kutmoqda. Hamma ushbu bellashuvni katta qiziqish orqali kuzatadi. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev esa maqtovlar girdobida qolgan. Negaki, Samarqandda qo'lga kiritilgan g'alaba keyingi o'yinga ijobiy tasir qilishi turgan gap. Ro'ziqul Sadullaevich bilan suhbatni avvalo qayd etilgan yirik hisobni atroflicha muhokama qilishdan boshladik.
- 14-turdagi eng yirik natijani “Nasaf” qayd etdi. Uchrashuvdan avval nimalarni o'ylagandingiz?
- Tabiiyki, o'yindan oldin o'zimiz ham 5:0 hisobida g'alaba qozonamiz deb kutmagandik. Lekin futbolchilarimizni g'alaba uchun tayyorlagandik. Yigitlar berilgan ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Futbolda mana shunday holatlar ham bo'lib turadi. “Dinamo” bilan kechgan bahsda har tomonlama o'zimizni ko'rsatishga muvaffaq bo'ldik. Biz himoyada ham, hujumda ham barqaror o'yin namoyish etdik. Uchrashuv davomida ko'plab imkoniyatlarni yaratdik. SHularning beshtasidan foydalanganimiz ham yaxshi natija. Bu o'yin orqali ikkinchi davraga qanchalik tayyorgarlik ko'rganimizni yana bir bor chamalab oldik.
- Albatta, 5:0 hisobi “Nasaf”ning qanday o'yin ko'rsatganligini bildirib turibdi. Ushbu natijadan keyin siz ham shogirdlaringizga hech qanday etiroz bildirmagandirsiz-a?
- SHubhasiz, shogirdlarimga etiroz bildirmadim. Futbolchilarga ajoyib g'alabani qo'lga kiritganimiz uchun minnatdorlik bildirdik. Jamoamiz buning uchun katta hajmdagi ishni bajardi. Qaysidir vaziyatlarda kamchiliklarga yo'l qo'ygandirmiz, ammo 0:5 hisobida yutganimizdan so'ng yigitlarga hech qanday etiroz bo'lishi mumkin emas.
- Nima deb o'ylaysiz, “Dinamo” o'ta bo'sh o'yin ko'rsatdimi yoki “Nasaf” har qachongidan kuchliroq ko'rindimi?
- Xolisona baho beradigan bo'lsam, shuni aytishim mumkinki, biz juda yaxshi to'p surdik. Rostini aytsam, “Dinamo”dan bundanda yaxshiroq o'yinni kutgandim. Ammo ular biz kutgan o'yinni ko'rsata olishmadi. Jamoaviy o'yin borasida biz ularga nisbatan ancha mazmunli harakat qildik.
- “Dinamo”ning o'z o'yinini namoyish eta olmaganiga “Nasaf”ning har jihatdan yaxshi harakat qilgani sabab bo'lgan.
- Menimcha ham siz to'g'ri fikr bildiryapsiz. Samarqandliklarning o'yinini yaxshi o'rganib chiqqandik. Ularning har bir o'yinchisini nimalarga qodirligini alohida tekshirganmiz. “Dinamo”ning hujumchilariga deyarli imkoniyat bermadik. Bu futbolchilarimizning ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishgani bilan bog'liq. Qolaversa, himoyada mezbonlarni xato qilishga majbur qildik.
- Har doimgidek “Nasaf” sardori Artur Gevorkyan faolligi bilan ajralib turdi va o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Agarda u maydonda bo'lmasa, bu jamoa o'yiniga jiddiy tasir ko'rsatadi deb o'ylaysizmi?
- Yo'q, men bunday deb o'ylamayman. Biz asosan jamoaviy o'yinni tashkil qilishga etibor qaratamiz. Albatta, maydonda qaysidir futbolchi etakchilikni o'z zimmasiga olishi kerak. Lekin “Nasaf”ning o'yinlarini ko'rgan bo'lsangiz, birgina Gevorkyanga bog'lanib qolmagan. Uning ko'pincha hal qiluvchi gollarga mualliflik qilishi bu ko'pincha jamoaning mehnati tufayli yuz beradi. Artur uchun maydonda ko'proq imkoniyatlar yaratib berganmiz. Masalan jarima zarbalarini bajarish va himoyachilarga kamroq yordam berish kabi vaziyatlarda unga qulayliklar yaratilgan. SHuni aniq ayta olamanki, “Nasaf”ning o'yini bir futbolchiga bog'lanib qolmagan.
- 5:0 natijasi sizga nimani anglatmoqda?
- Hozirdanoq qandaydir o'rin yoki sovrin haqida gapirishga erta. Mavsumning asosiy qismi hali oldinda. Quvontiradigan tomoni shundaki, shu kunga kelib jamoamiz jismoniy tomondan qoniqarli ahvolda. Bundan tashqari taktik va texnik jihatidan ham maqtana olamiz. “Dinamo” bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng ruhiy tomondan tayyorgarligimiz yanada samarali bo'ladi deb ishonaman.
- “Nasaf”ning asosiy kuchi jamoaviy o'yinda. Barqaror o'yin ko'rsatish muvaffaqiyatlarga sabab bo'ladi. Jamoangizning yana kuchli tomonlarini ko'rsatadigan boshqa omillari ham bormi?
- Jamoamizni kuchini bildiradigan narsa bu - ahilligi! Bizda ajoyib muhit xukmronlik qilmoqda. Oldimizga qo'yilgan maqsadni har bir futbolchi yaxshi tushunadi. Bu yo'lda nafaqat o'yinchilar balki, klubning oddiy ishchisi ham hamjihatlikda birlashib faoliyat ko'rsatayotgani katta ahamiyatga ega. Bizda shunaqaki, oldimizga qanday vazifa qo'yiladigan bo'lsa, unga barcha klub tizimidagilar bilan birgalikda jipslashgan holda harakat qilamiz. Bu bizning asosiy yutug'imiz deb o'ylayman.
- Dastlabki turni kutilganidanda muvaffaqiyatli boshladinglar. Oldinda esa “Lokomotiv”ga qarshi murakkab uchrashuv kutmoqda. “Dinamo” bilan o'yindagi qaysi vaziyatdan so'ng keyingi o'yin haqida o'ylay boshladingiz?
- Birinchi bo'limdan keyinoq “Lokomotiv” bilan kechadigan o'yin haqida o'ylashni boshladim. Etibor bergan bo'lsangiz, ayrim o'yinchilarni zahiraga olishga qaror qildik. Bu bilan ularga barvaqt dam berdik. “Lokomotiv” bilan uchrashuv ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Bu bizning eng muhim o'yinlarimizdan biri hisoblanadi.
- Albatta, “Lokomotiv”ga qarshi bellashuvda 5:0 hisobi qayd etilishi ishonib bo'lmas natijadir. Ammo bu o'yinga rejangiz borligi aniq. SHunday ekan, nima degan bo'lardingiz?
- Bizning yo'nalishimizni bilasizku, har bir o'yinga g'alaba uchun tushamiz va buning uchun borimizni berishga tayyormiz. To'g'ri, futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Ammo bizning asosiy maqsadimiz uch ochkoni qo'lga kiritish. Bunaqangi, o'ta muhim uchrashuvlarga muxlislarning tashrifi yanada ko'payadi. Ularning oldida uyalib qolmasligimiz kerak. SHuning uchun ishqibozlarimizni ajoyib g'alaba bilan xursand qilish bizning vazifamizga kiradi.
- Fikringizcha, “Lokomotiv”ning asosiy kuchi nimada?
- O'ylashimcha, ularning asosiy kuchi – futbolchilarining saviyasida. O'zi, “Lokomotiv”da shundoq ham yaxshi saviyadagi o'yinchilar to'p surayotgandi. Ikkinchi davrada yanada mahoratli bo'lgan futbolchilarni qo'shib olishdi. Bunday uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rmasak bo'lmaydi.
- Aynan “Loko”da to'p surayotgan Fozil Musaevni hali hamon “Nasaf”da ko'rish umidida ekansiz, shu rostmi?
- Markaziy yarim himoyamizni yanada mustahkamlashni xohlardik. Ammo Fozil Musaevni jamoasi bilan yil oxirigacha shartnomasi bor. To'g'ri, uni tarkibimizda ko'rmoqchi edim. Bu borada muzokaralar olib borilgandi. Ammo u oxirigacha etmay qoldi.
- O'tgan yili O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'ldingiz. Bu yil ham o'z ishingizni yaxshi bajaryapsiz va “Nasaf” bilan sovrinli o'rinlar uchun kurashishda davom etmoqdasiz. Aytmoqchi bo'lganim, eng yaxshi murabbiy nomini saqlash sizga qiyinchilik tug'dirmayaptimi?
- Bu narsa meni ko'p ham o'ylantirgani yo'q. O'tgan yili eng yaxshi murabbiy bo'ldim va bu safar ham eng yaxshisi bo'lishim kerak degan maqsadim yo'q. Bizning o'z yo'nalishimiz bor. Asosiy maqsadimiz jamoamizni yaxshiroq shakllantirish, futbolchilarimizning saviyasini oshirish. Aynan shular haqida ko'proq o'ylayapman. Hech qachon shaxsiy sovrinlarga erishishni oldimga vazifa qilib qo'ymayman. Futbol - bu jamoaviy o'yin, kimningdir alohida o'yini emas. SHuning uchun “Nasaf”ga va terma jamoalarimizga munosib o'yinchilarni etkazib berishimiz lozim. Qo'l ostimizdagi yigitlarni yanada tajribali futbolchi sifatida shakllantirishimiz muhim masala. Lekin har qanday inson o'sishdan va mehnat qilishdan to'xtamasligi kerak.
- “Lokomotiv” bilan kechadigan muhim o'yin oldidan tarkibda yo'qotishlar yo'qmi?
- “Dinamo” bilan o'yingacha jiddiy yo'qotishlarimiz bor edi. Xamza Karimov va Erkin Boydullaev to'rtta sariq kartochka va qizil kartochka tufayli jamoamizga yordam bera olishmasdi. Lekin ularning o'rnini munosib o'yinchilar bilan to'ldirdik. “Dinamo”ga qarshi bahsda Boydullaevning o'rnida to'p surgan yosh iqtidorli Odilbek Hamrobekov o'zidan iliq taassurot qoldirdi. O'ylaymanki, uning o'yini muxlislarga ham, mutaxassislarga ham yoqdi. “Lokomotiv” jamoasi bilan o'tadigan bahsda tarkibimizda hech qanday yo'qotishlarimiz yo'q..
- Mavsum boshida Igor Taranni tarkibga qo'shib olgansiz. Ammo u ko'pincha zahiradan maydonga tushmoqda. Boshida esa uni asosiy tarkib uchun his qilgandik. Uning muntazam ravishda asosiy tarkibdan joy ololmayotgani nima bilan bog'liq?
- Bu o'sha o'yinga ko'riladigan taktikamizga bog'liq. Lekin Taran har doim ham zahiradan tushgani yo'q. Asosiy tarkibda maydonga tushirgan paytlarimiz ham bo'ldi. Samarqandliklar bilan bahsda esa Kenda To'raevga ko'proq imkoniyat berdik. Buning boisi, qarshi hujumlardan samarali foydalanishni ko'zlagan holda shunday qarorga keldik. CHunki safar o'yinlarida albatta tezkor futbolchilar bo'lishi kerak. Aynan mana shunday taktik tomonini o'ylab Kenjani boshlang'ich tarkibga kiritdik.
- U holda Taranni jamoaga taklif qilishdan maqsad nima edi?
- Raqobatni kuchaytirishimiz lozim edi. Agar CHempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqa olganimizda bizga bir xil saviyadagi hujumchilar nihoyatda kerak bo'lardi. Ko'proq shu narsani hisobga olgandik. Biroq Igorning shundoq ham jamoamizga yordam tegmoqda va bundan keyin ham foyda keltirishda davom etadi. Hech kim bu futbolchining tajribasiga shubha qilmaydi.
- SHoxurx Gadoevni ham yaqin orada maydonda ko'ramizmi?
- Gadoev biz bilan asosiy guruhning mashg'ulotlarida to'liq qatnashmoqda. Lekin kuchli yuklamali mashg'ulotlardan uni chetda qoldiryapmiz. Ko'pincha to'p bilan mashqlarda ishtirok etmoqda. Bazida o'zaro ikki tarkibga bo'linib o'ynayotganimizda unga 20-30 daqiqa to'p surish imkonini beryapmiz. Bizni quvontirayotgani shundaki, boshida qiynalib yurgandi. Hozir esa ancha o'ziga kelib oldi. Ruhiy tayyorgarligi ham yaxshilanib bormoqda. Tezroq safga qaytib jamoaga yordam berishini kutib qolamiz.
- Ikkinchi davrada tarkibda o'zgarishlarga qo'l urmaganingiz sizni ortiqcha havotirga solmayaptimi?
- Agar qaysidir poziciya bizni ko'proq tashvishga solib qo'ysa zahiramizdagi o'yinchilarga murojaat qilamiz. Zahiramizdagi futbolchilardan foydalana olmasak, u holda yoshlar tarkibimizdan o'yinchi olib o'ynatishga ham tayyormiz.
- Hech qaysi murabbiy jamoasidagi biror-bir futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlangan deb ayta olmasa kerak. Sizning ixtiyoringizda esa tanlash imkoniyati ko'proq. CHunki futbolchilarning saviyasi yaxshi. SHunday bo'lsa-da, “Nasaf”da qaysidir o'yinchi uchun boshlang'ich tarkibdan joy naqd deb ayta olasizmi?
- Jamoamizda tajribasi ko'proq va kamroq bo'lgan o'yinchilar bor. SHuni hisobga olganda, bazi-bir futbolchilarni asosiy tarkib egasi yoki shu joyda o'ynaydi deb aytishimiz mumkin. Murabbiyning ixtiyorida 20 yoki 30ta o'yinchi bo'lishi mumkin. Lekin jamoani har taraflama tayyorlash bu katta ishni talab qiladi. Kimdir “Nasaf”dagi futbolchilar ko'p yillardan beri birga o'ynab kelyapti-ku, deb aytishlari mumkin. Jamoaning jismoniy yoki taktik jihatini tayyorlash murabbiydan katta mehnatni talab qiladi.
- Sizdan aniq javobni kutgandim. Yana qaytaraman: qaysi o'yinchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlangan deb ayta olasiz?
- Baribir bu haqida hech bir murabbiy aniq gap aytmasa kerak. Agarda bu borada murabbiy kimgadir aytsa noto'g'ri bo'lishi mumkin deb o'ylayman. SHuning uchun ham savolingizga aniq javob aytmasdan umumiy manoda gapirib o'tdim. Agar qaysidir futbolchimizga joy naqd deb aytsam bu nafaqat uning o'ziga, balki ichki muhitga ham tasir qiladi.
- To'g'ri javobingiz uchun rahmat. SHu o'rinda muxlislarga nima deya olasiz? Nimagaki, “Lokomotiv” bilan kechadigan bahsda stadionda qanday muhit paydo bo'lishini tasavvur qilyapmiz.
- “Nasaf” jamoasi hamisha muxlislariga yoqadigan o'yin ko'rsatishga harakat qiladi. Ayniqsa, etakchi jamoalarga qarshi har taraflama munosib raqib bo'lib kelmoqda. Bu safar ham g'alabadan boshqa natijani o'ylamaymiz. Boz ustiga o'z maydonimizda o'ynaymiz. Bunday klublar bilan o'yinlarda har jihatdan qarshilik ko'rsatishga tayyormiz.
- Ko'pchilik bu uchrashuvni “Nasaf” – “Lokomotiv” qarama-qarshiligidan tashqari Berdiev va Abramov to'qnashuvi deb ham fikr bildirmoqdalar.
- Har doim o'yinga qandaydir taktika tanlaymiz. Futbol o'yini, murabbiylarning ham o'yini bo'ladi. Har kimning tayyorgarligi va o'z qarashlari bor. To'g'risi, menga sira ham bunday savol berilmagandi. Kutmagandim, shu bois qanday javob berishga ham hayronman. Har qanday sharoitda ham o'ylagan rejalarimiz ish berib g'alaba qozonishni istaymiz. Lekin bu Berdiev – Abramov emas, “Nasaf” – “Lokomotiv” qarshiligi bo'ladi.
FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Fikrlar