So’nggi yangiliklar

12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  1 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  7 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  4 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  12 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  11 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  70 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6

Ro'ziqul Berdiev: ""Al Sadd"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: ""Al Sadd"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik"

"Nasaf" hamda "Al Sadd" uchrashuvidan (3:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Aziz Amonov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: "Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlarga alohida rahmat aytaman, yaxshi mehnat qilishdi. "Al Sadd"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik, shundan kelib chiqib o'ynadik."

Aziz Amonov: "Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'zbekiston nomidan maydonga tushdik va yuzimiz yorug' bo'ldi. Bugungi urgan gollarim jamoadoshlarim tufayli sodir bo'ldi".

- OCHLda ko'rsatgan o'yinning 50%ni namoyish etilsa ham "Nasaf" Superligada g'alaba qozongan bo'lardi. Aziz Amonovga savol. Gol urishingizning asosiy sabablari nima deb ayta olasiz?

Berdiev: "O'yinlar bir-biriga o'xshamaydi va katta o'yinlarga motivaciya boshqacha bo'ladi. Ochiq o'yin namoyish etadiganlar bilan osonroq o'ynaymiz. Har bir o'yinda maksimal harakat qilamiz, jiddiy yondoshamiz.

Amonov: "Har bir bahsda gol urish uchun maydonga tushamiz. Bazida o'xshaydi, bazida yo'q. Bugun nasib qilgan ekan, jamoamga foydam tekkanidan xursandman".

- "Al Sadd" posboni ustidan to'pni tashlab qo'ygan golingiz faoliyatingizdagi eng chiroylisimi?

Amonov: "Har bir gol o'ziga yarasha chiroyli. Asosiysi uning muhimligi".

- Bu g'alaba O'zbekistonning obro'yiga katta tasir ko'rsatadi. "Nasaf" chiroyli o'yin ko'rsatdi. 80-daqiqadan so'ng jamoa biroz bo'shashdi, bu Superligada ham sodir bo'lyapti...

- Har bir o'yinda futbolimiz darajasini ko'rsatib berishga harakat qilishimiz kerak. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar ishonch bilan harakat qilishimiz lozim. Ruyxiy tayyorgarlik joyida bo'lishi kerak. Bugun xursandchilik qilaylik, qolganini to'g'irlaymiz.

- SHuhrat Muhammadievni zaxiraga olish majburiy bo'ldimi?

- SHunday. Uning harakatlaridan oqsashni sezganimdan so'ng uni almashtirishga majbur bo'ldim.

- Bahrom Abdurahimov nega asosiy tarkibda maydonga tushmadi?

- Markazda futbolchilarimiz ko'pligi tufayli rotaciyalarga qo'l uryapmiz. O'sha hududlarda muammolar kamroq. 

- "SHarja"ning himoyaviy o'yin ko'rsatishidan qo'rqmaysizmi?

- "SHarja" hamda "Al Sadd" o'rtasidagi bahsni ko'rish jarayonida bunga etibor berdik. Ular yotib olishmadi. "SHarja" bilan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.


Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика