So’nggi yangiliklar

22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  1 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  1 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  1 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  3 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  19 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  4 18:30Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойга ютқазди  7 18:13"Андижон" Хомяков билан боғлиқ вазият юзасидан расмий изоҳ берди  4 17:58Эрон чемпионати. "Трактор" меҳмонда мағлубиятга учради, Ҳамробеков 73 дақиқа ҳаракат қилди  0 17:38Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ"да йирик ғалаба, "Қумқўрғон"да жанговар дуранг ва бошқа натижалар  4 17:17САфарда. "Андижон"да нима гаплар? "Ультрас бургут"нинг режалари ва Сардор Азимов билан интервью  1 16:54Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Шорта" баҳсида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди  10

Ro'zim Ahmedov: Tailandliklar meni aldashdi Yangiliklar

Ro'zim Ahmedov: Tailandliklar meni aldashdi

O'tgan mavsumni Farg'onaning Neftchi jamoasida o'tkazgan tajribali hujumchi Ro'zim Ahmedov Toshkent viloyatining Olmaliq klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ushbu futbolchi 2015 yilgi mavsum oliy ligada 25ta o'yin o'tkazib, 5ta golga mualliflik qilgandi. Aslida, Ahmedov yangi mavsum tayyorgarligini aynan Olmaliqda boshlagandi. Tailand klubidan tushgan taklifdan so'ng esa hujumchining SHarqiy Osiyo chempionatiga yo'l olishi deyarli oydinlashgandi. Hatto, futbolchi Toshkent - Bangkok yo'nalishi bo'yicha aviachipta xarid qilishga ham ulgurgan, lekin so'nggi pallada mazkur transfer amalga oshmay qolgandi. Toshkentdagi yig'in doirasida So'g'diyonaga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng mahoratli forvardni suhbatga tortib, yuqorida keltirilgan voqea sabablarini o'rganishga harakat qildik.

- Bugungi uchrashuvda nega maydonga tushmadingiz?

- Toshkentdagi yig'inimiz doirasida har kuni o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilyapti. Tabiiyki, futbolchilar bu o'yinlarda katta yuklama olishadi. Qolaversa, murabbiylar shtabi bir guruh o'yinchilarni ko'rikdan o'tkazishmoqda. O'rinbosarlar orasidan asosiy tarkibga jalb etilgan yoshlar ham bor. Bunday paytda bazilarga hordiq chiqarish imkonining berilishi ijobiy holat. Murabbiylar har ikki bo'limda turli tarkibni maydonga tushirishdi. Yakunda 3:0 hisobida g'alaba qozondik.

- Yangi mavsumni Olmaliqda boshlashingiz aniq bo'ldimi?

- Ha, jamoa bilan shartnoma imzoladim. Klubda ijobiy natijalarga erishish, gollarim bilan Olmaliq muvaffaqiyatiga hissa qo'shishga harakat qilaman. Hozirda shakllanayotgan tarkibimiz shunday deyishga asos bo'la oladi, menimcha. Safimizda Islom Inomov, Darko Stanoevich, Ibrohim Rahimov, Rahmatillo Berdimurodov, Evgeniy Gogol, Farhod Tojiev kabi tajribali futbolchilar bor.

- Farhod Tojiev ham Olmaliq jamoasi bilan rasmiy kelishuvga erishdi. Demak, hujum chizig'ida yaxshigina raqobat yuzaga keladi. Xo'sh, zaxirada qolib ketishdan qo'rqmaysizmi?

- Yo'q, albatta. Igor SHkvirin hujumkor taktikani xush ko'radi. Ko'p o'yinlarda ikki forvardni maydonga tushiradi. Boshqa tomondan, hamisha raqobatning tarafdori bo'lib kelganman, shundagina rivojlanish kuzatiladi. Aks holda, futbolchi hech qachon o'smaydi.

- SHartnoma imzolashdan avval jamoa ustozi bilan bu mavzuda gaplashdingizmi?

- Ha, Igor Anatolevich hujumchilar bilan qanday ishlashni juda yaxshi biladi, kerakli ko'rsatmalarni beradi. SHunday murabbiy qo'l ostida o'ynashimdan xursandman.

- Bir muddat avval sizning Tailand klubiga o'tishingiz haqida xabar tarqalgandi. Lekin vaqt o'tishi bilan vaziyat o'zgardi...

- Ochig'i, bu haqda gapirishni istamasdim. CHunki Tailand klubi menga nisbatan noprofessional munosabatda bo'ldi. Lekin so'raganingiz uchun aytaman. Jamoa rahbariyati bilan barcha masalada kelishib olgandik. Toshkent - Bangkok aviayo'nalishi chiptasini ham olib qo'ygandim. Tailandga uchib ketadigan kunim esa shartnoma bandlariga o'zgartirish kiritilishini bildirishdi. Unga ko'ra, bitimda belgilangan maoshim qisqartirilar ekan. Avvaldan barcha masalada kelishib olganimiz uchun bu men uchun kutilmagan syurprizga aylandi.

- Jamoa ko'rigida qatnashganmidingiz?

- Yo'q. Tailand klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi o'yinlarim yozilgan disklarni ko'rgach, menga taklif bilan chiqishgandi. Ko'rikdan o'tkazmasdan turib shartnoma imzolash niyatida edilar. Afsuski, keyin vaziyat o'zgarib ketdi. Lekin bundan xafa emasman.

- Tailand klubi bilan agent orqali gaplashganmidingiz? U sizning manfaatingiz uchun kurashmadimi?

- Ha, muzokaralarni agentim ishtirokida o'tkazib, shartnomaning barcha bandlari bo'yicha Tailand klubi bilan kelishuvga erishgandik. U erga borganimdan so'ng shartnomaga rasman imzo chekishim talab etilardi, xolos.

- Maosh keskin qisqartirilarmidi?

- SHunday desa ham bo'ladi. Ular taklif qilgan mablag'ni o'zimizda ham topish mumkin.

- O'tgan yili Farg'onadagi faoliyatingizdan qoniqish hosil qildingizmi?

- Afsuski, yo'q. Neftchi tarkibida 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urdim. Vaholanki, chempionat boshida yanada ko'proq to'p kiritishni maqsad qilgandim. Lekin har doim ham o'ylaganlaringiz amalga oshavermas ekan. Bundan tegishli xulosalarni chiqarib oldim.

- Bu yilgi maqsadlar qanday?

- Hujumchi oliy liganing 30ta o'yinida kamida 15ta to'p kiritmasa, uning faoliyati qoniqarli baholanmasligi mumkin. SHundan kelib chiqib, raqiblar darvozasini kamida 15-16 marta ishg'ol qilmoqchiman. Eng avvalo, sonidan qatiy nazar, jamoamning muhim gollarini ursam, bundan o'zimni baxtiyor his etardim.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика