Roysdan keyin “Borussiya D” asosiy tarkibining yana bir azosi safdan chiqdi
09 fev 2020 20:40
Yangiliklar


Roysdan keyin “Borussiya D” asosiy tarkibining yana bir azosi safdan chiqdi
“Borussiya D”ning hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandt “Bayer”ga qarshi (3:4) bahsda jarohatlandi.
“Arilar” rasmiy saytining xabariga ko'ra, Brandt Bundesliganing 22-turi doirasida 14 fevral kuni “Ayntraxt”ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda qatnasha olmaydi.
SHuningdek, 23 yoshli futbolchi ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan PSJga qarshi ilk bahsda qatnasha olmasligi ham mumkin.
Avvalroq, dortmunliklar sardori Marko Roys jarohati bois 4 haftaga yaqin muddatni o'tkazib yuborishi malum bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar