Roys: "Hakam to'p qo'l bilan o'ynalgan bo'lsa ham penalti bermasligini aytdi. Bunday cirk kimga kerak?"
15 dek 2019 14:28
Yangiliklar


Roys: "Hakam to'p qo'l bilan o'ynalgan bo'lsa ham penalti bermasligini aytdi. Bunday cirk kimga kerak?"
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Marko Roys Bundesliganing 15-turi doirasida "Maync"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan mamnun bo'lmadi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida "Maync" himoyachisi Yerri Yuste o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bosh hakam bu vaziyatni videotakrorlarda borib ko'rgan bo'lsa-da, penalti belgilamadi.
"Referining o'zi menga to'p qo'l bilan o'ynalganini aytdi. Biroq penalti belgilamayman dedi. Bu gaplarni ko'p o'yladim. To'p qo'l bilan o'ynalgan bo'lsa, nega penalti belgilanmaydi? Tushunmadim, bunday cirk kimga kerak?", - dedi Roys.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar