Roys "Borussiya D"dan ketishi mumkin
26 fev 2024 12:24
Yangiliklar


Roys "Borussiya D"dan ketishi mumkin
Marko Roysning kelajagi hali nomalum. Germaniyalik futbolchi yozda kutilmagan yo'nalishni tanlashi mumkin.
Roysning Dortmundning "Borussiya"si bilan shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Hozircha 34 yoshli futbolchi yozda amaldagi jamoasini tark etishini elon qilmagan.
Uning xizmatlariga davogarlar kam emas. Turkiya OAV Roysga "Trabzonspor" qiziqish bildirayotganini takidlamoqda. Birinchi takliflar qishda tushgan, ammo futbolchi transfer haqida eshitishni istamagandi.
Roys joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 27 ta o'yinida maydonga tushdi va 6 ta gol, 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. U Evro-2024 uchun terma jamoaga chaqirilishdan umidvor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar