Roys "Borussiya D" safidagi 159-golini urdi va klub to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi
04 mar 2023 11:12
Yangiliklar


Roys "Borussiya D" safidagi 159-golini urdi va klub to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys Germaniya Bundesligasining 23-turidan o'rin olgan "Leypcig"ga qarshi o'yinning 21-daqiqasida hisobni ochdi.
Roys uchun bu gol "Borussiya" tarkibidagi 159-si bo'lib, ikkinchi o'rindagi Mixael Corkka etib olish imkonini berdi.
Dortmundliklarning eng yaxshi to'purari 177 ta gol urgan Alfred Praysler hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar