Roys "Borussiya" bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirdi. U klubda 11 yildan beri o'ynamoqda
27 apr 2023 19:15
Yangiliklar
Roys "Borussiya" bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirdi. U klubda 11 yildan beri o'ynamoqda
Marko Roys "Borussiya" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys klub bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha mo'ljallangandi. Roys 11 mavsumdan buyon "arilar" sharafini himoya qilmoqda. "Borussiya" tarkibida yarim himoyachi ikki marta Germaniya kubogini qo'lga kiritdi va uch marta mamlakat superkubogi sohibiga aylandi.
Joriy mavsum Roys “Borussiya Dortmund” safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali nemis futbolchisini 9 million evroga baholamoqda.
Fikrlar