Roy Rok: "Yakshanba kuni O'zbekistonga qaytaman va mashg'ulotlarni boshlayman"
15 avg 2015 11:50
Yangiliklar


Roy Rok: "Yakshanba kuni O'zbekistonga qaytaman va mashg'ulotlarni boshlayman"
“Nasaf” jamoasining sloveniyalik legioneri Roy Rok salomatligi bilan bog'liq muammolar sababli jamoaga yordam bera olmayotgan edi.
Tan olish kerakki, jamoaga mavsum boshida kelib qo'shilgan bo'lishiga qaramay jamoada o'z o'rnini topib olgan legionerimizning ikkinchi davradagi o'yinlarda o'rni bilindi.
Biz ko'p sonli muxlislarimizning iltimoslariga binoan, futbolchidan sog'lig'i haqida so'rab ko'rdik.
– Ayni paytda jamoamga qiyin o'yinlarda yordam bera olmayotganimdan afsusdaman. Kecha o'z yurtimda tibbiy ko'rikdan o'tdim, sog'lig'im bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. Yakshanba kuni O'zbekistonga qaytaman va mashg'ulotlarni boshlayman, – deydi Roy Rok saytimizga bergan qisqa intervyusida.
Biz ham muxlislar nomidan Roy Rokning safga qaytishi va jamoamiz bilan ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishini tilab qolamiz.
Azamat Umarov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar