Roy Kin "Sanderlend"ni boshqarishi mumkin
03 fev 2022 08:38
Yangiliklar
Roy Kin "Sanderlend"ni boshqarishi mumkin
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin "Sanderlend" murabbiyi bo'lishi mumkin.
Klub rahbariyati 50 yoshli irlandiyalik sobiq futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. "Qora mushuklar"ning avvalgi murabbiyi Li Jonson "Bolton"dan uchralgan 0:6 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqarilgandi.
Kin 2006-2008 yillar davomida "Sanderlend"da murabbiy bo'lib ishlagan. U 2007 yilda klub bilan CHempionshipda birinchi o'rinni egallagandi.
U 2011 yildan keyin bosh murabbiy bo'lib ishlamagan. So'nggi marotaba Roy "Ipsvich"ni boshqargan. SHundan so'ng esa Irlandiya terma jamoasida, "Aston Villa" va "Nottingem Forest" klublarida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
Ayni paytda "Sanderlend" Angliyaning uchinchi divizionida 3-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar