Rouz: "Angliya terma jamoasi futbolchilari tanaffusda bir-biriga baqirib olishdi"
12 sen 2018 11:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/452998_original.jpg)
![](/upload/storage/452998_220.jpg)
Rouz: "Angliya terma jamoasi futbolchilari tanaffusda bir-biriga baqirib olishdi"
Angliya terma jamoasi himoyachisi Denni Rouz SHveycariyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi tanaffusida futbolchilar o'rtasidagi kelishmovchilik haqida gapirib berdi.
Lesterda o'tgan bahsda inglizlar 1:0 hisobida SHveycariyani mag'lub etishdi.
"Raqib bizdan yaxshiroq ko'rindi va bu bizni biroz izdan chiqardi. Ikki yoki uch to'p farqi bilan yutqazishimiz mumkin edi. Tanaffusda bir-birimizga baqirib olganimiz yaxshi bo'ldi. O'yinning ikkinchi qismi birinchisidan yaxshiroq o'tdi va g'alabaga erisha olganimizdan baxtlimiz" - deydi Rouz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar