MYU sport direktori Eshuort tayinlanganidan 5 oy o'tib klubni tark etdi
08 dek 14:59
Yangiliklar
MYU sport direktori Eshuort tayinlanganidan 5 oy o'tib klubni tark etdi
Den Eshuort "Manchester Yunayted" sport direktorligini tark etdi.
Eshuort bu lavozimda jami 5 oy ishladi.
Eshuortning ketishi borasidagi qaror shanba kuni "Nottingem Forest" (2:3)ga qarshi "Old Trafford"dagi o'yindan so'ng bosh direktor Omar Berrada bilan uchrashuvda qabul qilindi. Qayd etilishicha, MYU rahbarlaridan biri Jim Retkliff u bilan xayrlashish haqidagi qaror qabul qilinishida bosh rolni o'ynagan.
Xayrlashuv tashabbuskori "Yunayted" bo'lgan bo'lsa ham shartnoma ikki tomonlama kelishuv bo'yicha bekor qilingan.
MYU yozda Eshuort qo'l ostida 200 mln funt atrofida pul sarflagan. Klub Leni Yoro, Manuel Ugarte, Matteys de Ligt, Nussair Mazraui va Joshua Zirkzeni xarid qilgan.
Fikrlar