So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

RPL. "Rostov" o'z maydonida "Ural" bilan durang qayd etdi Yangiliklar

RPL. "Rostov" o'z maydonida "Ural" bilan durang qayd etdi

"Rostov" hamda "Ural" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 18-tur uchrashuvi voqealarini shu sahifada kuzatib boring.

FC Rostov

Premier League . 18-tur

30/11/2019, 18:30

0
:
0
Tugadi

Ural

Stadion: Rostov Arena

45'
90'
18'  Dmitri Chistyakov (Arseniy Logashov)
41'  Alexey Kozlov
62'  Arseniy Logashov
65'  Khoren Bayramyan (Aleksandr Saplinov)
82'  Aleksey Ionov (Alexander Dolgov)
55'  Othman El Kabir (Pavel Pogrebnyak)
67'  Artyom Fidler
70'  Denis Polyakov
71'  Artyom Fidler (Andrey Egorychev)
84'  Andrey Egorychev
90'  Vladimir Iljin


"Rostov" – "Ural" 0:0

"Rostov-Arena"

"Rostov": Baburin, CHernov, Kozlov, CHistyakov (Logashov, 18), Xadjikadunich, Popov, Normann, Bayramyan (Saplinov, 65), Zaynutdinov, Ionov (Dolgov, 82), SHomurodov.

"Ural": Godzyur, Polyakov, Aroyan, Merkulov, Kulakov, Kuxarchik, Bikfalvi, Augustinyak, El-Kabir (Pogrebnyak, 55), Fidler (Egorychev, 71), Ilin.

Ogohlantirishlar: Kozlov (41), Logashov (62), Fidler (67), Polyakov (70), Egorychev (84), Ilin (90).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. "Ural" jarima maydonasiga uzatilgan pasdan so'ng mehmon jamoa posboni va futbolchisi to'qnashib ketdi. SHifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Rostov" tinimsiz hujumlar amalga oshirmoqda, biroq vaziyatlardan unumli foydalana olishmayapti.

83. BAXTIYOR! Zaynutdinovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi. "Rostov" juda ko'p vaziyatlar yaratdi, ammo ularning hech biri golga aylanmayapti.

81. SHOMURODOV! Ionov raqib jarima maydonchasiga to'pni uzatdi va u hammadan o'tib ketdi. SHomurodov to'pni ungacha kelishini kutmagan shekilli, to'pga oyoq qo'yishga ulgurmadi.

77. Bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 11 309 muxlis tashrif buyuripti.

75. SHomurodov jamradoshidan kelgan to'pni raqibi ustidan olib o'tishga urindi, ammo himoyachi Eldorning fikrini o'qidi va xavfni bartaraf etdi.

72. SAPLINOV! Aleksandr qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'irlashga urindi, biroq "Ural" posboni Godzyur to'pni egallab oldi.

71. Valeriy Karpin Bayramyan o'rniga Saplinovni maydonga tushirdi. Ammo "Rostov" o'yini o'nglangani yo'q. Hujumlar bor, biroq so'nggi pas va zarba yo'q.

63. ZARBA! Baburin raqibning jarimadan bergan xavfli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

60. Baxtiyor Zaynutdinov jarima maydonchasi chizig'i ustidan "Ural" darvozasiga zarba berdi. To'p u maqsad qilgan tomonga bormadi.

57. Ionov chap qanotdan to'pni erlatib SHomurodovga uzatdi. Pas biroz noaniq bo'lgani tufayli Eldor emas, raqib to'pga egalik qildi.

50. SHomurodovga nisbatan raqib jarima maydonchasi ichida qoida buzildi, ammo hakam o'yinni davom ettirish mumkinligini ko'rsatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi va mezbonlar tezlik bilan burchak zarbasi ishlab olishdi.

Taymlar o'rtasidagi flesh intervyu berish navbati SHomurodovga kelgan ekan.


TANAFFUS

45. Uchrashuv asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Kozlov uzoq masofadan xavfli zarba berdi, ammo to'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

40. "Rostov"dagi moliyaviy muammolar jamoa o'yiniga ham tasir ko'rsatgan ko'rinadi. Futbolchilar bir-birini yaxshi tushunishmayapti.

37. ZARBA! Popovning zarbasidan so'ng to'p "Ural" darvozasi ustidan o'tib ketdi.

36. "Rostov" raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan standart vaziyatga ega bo'ldi.

33. Burchak zarbasidan foyda chiqmadi. "Rostov" hujumlari davom etmoqda...

31. "Rostov" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Burchak bayroqchasi oldidan uzatilgan to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi. Navbat burchak zarbasiga.

27. Mezbonlar to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatishyapti, ammo uzatmalar aniq bo'lmayapti.

26. "Rostov" ko'pchilik bo'lib hujumga o'tdi. Ionov to'pni markazga uzatishda adashdi va vaziyat qo'ldan boy berildi.

24. Popov jarima maydonchasi tashqarisidan "Ural" darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, ammo zarba noaniq.

20. Hozircha Eldor SHomurodov ko'zga tashlanayotgani yo'q. Uzatmalar SHomurodovgacha etib bormayapti.

17. Afsuski CHistyakov og'riqlarga chiday olmadi, Dmitriy o'zgartirilmoqda. Uning o'rniga Logashov maydonga tushdi.

15. Dmitriy CHistyakov maydonga qaytdi, hammasi joyida.

12. CHistyakov havodagi to'qnashuvda jiddiy jarohat olgan ko'rinadi. SHifokorlar futbolchining umrtqa sohasidagi og'riqlariga baho berishmoqda.

8. Ionov to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. To'p hammadan orqaroqda turgan Xorenga tushdi, biroq Bayramyan tezda zarba berish o'rniga to'pni to'xtatishga urindi va uni qo'ldan yani oyoqdan chiqardi.

5. "Rostov" futbolchilari ushbu uchrashuvga jarohat olgan Danil Glebov surati tushirilgan futbolkalarda chiqib kelishdi.

3. Ilin qanotdan uzatilgan to'pni "Rostov" darvozasiga burishga urindi, ammo zarba ko'ngildagidek chiqmadi. Darvozabon Baburin to'pni osonlik bilan egallab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi!

"Rostov" – "Ural"

"Rostov-Arena"

"Rostov": Baburin, CHernov, Kozlov, CHistyakov, Xadjikadunich, Popov, Normann, Bayramyan, Zaynutdinov, Ionov, SHomurodov.

"Ural": Godzyur, Polyakov, Aroyan, Merkulov, Kulakov, Kuxarchik, Bikfalvi, Augustinyak, El-Kabir, Fidler, Ilin.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика