So’nggi yangiliklar

21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  0 20:48Португалия термаси Миллатлар лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  4 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  2 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  0 18:26Бундеслига 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 17:49Токотаев, Кичин, Алмазбеков, Мерк, Кожо... Қирғиз Республикасининг КХДР ва БААга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  8 17:24Жиянов, Исмоилов, Бубанья, Жумаев ва бошқалар... Суперлига 10-тур рамзий терма жамоаси   2 16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  2 16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  4 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  19 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  3 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  17

"Rostov" "Sochi"ni mag'lubiyatga uchratdi va turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi Yangiliklar

"Rostov" "Sochi"ni mag'lubiyatga uchratdi va turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi

"Rostov" hamda "Sochi" o'rtasidagi RPLning 14-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

FC Rostov

Roman Eremenko - 41', Roman Eremenko - 79'

Premier League . 14-tur

26/10/2019, 22:00

0
:
2
Tugadi

PFC Sochi

Stadion: Rostov Arena

45'
90'
41'  Roman Eremenko
41'  Aleksey Ionov
63'  Khoren Bayramyan (Baktiyor Zaynutdinov)
76'  Aleksey Ionov (Aleksandr Saplinov)
79'  Roman Eremenko
79'  Baktiyor Zaynutdinov
86'  Mathias Normann (Danil Glebov)
88'  Ivelin Popov
90'  Danil Glebov
71'  Anton Zabolotny (Aleksandr Karapetyan)
76'  Ibrahim Tsallagov (Dmitry Poloz)
86'  Nikita Burmistrov (Akmal Bakhtiyarov)

"Rostov" – "Sochi" 2:0

"Rostov-Arena"

Gollar: 1:0 – 41 Eremenko, 2:0 – 79, avtogol Nabiullin.

"Rostov":  Baburin, CHernov, Xadjikadunich, CHistyakov, Kozlov, Eremenko, Popov, Bayramyan (Zaynutdinov, 63), Normann (Glebov, 86), Ionov (Saplinov, 75), SHomurodov.

"Sochi": Janaev, Yurganov, Kalugin, Nabiullin, Callagov (Poloz, 76), Noboa, Pomerko, Mostovoy, Burmistrov (Baxtiyarov, 87), Mevlya, Zabolotniy (Karapetyan, 71).

Ogohlantirishlar: Popov (88), Glebov (90).


RPL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.



Uchrashuv yakunlandi!

90. Eryomenko uzoqdan zarba berishni to'xtatmayapti. Navbatdagi zarba ham xavfli chiqdi, biroq posbon ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi.

88. Roman Eryomenko uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

84. Popovning o'ng qanotdan uzatgan to'pni jamoadoshiga emas, raqib posboni qo'liga tushdi.

79. GOOOLLL! 2:0. Roman Eryomenkoning noaniq zarbasidan so'ng to'p raqib himoyachisining oyog'iga tegib, darvozaga kirib ketdi.

77. Keyingi turda "Rostov" "Krasnodar" mehmoni bo'ladi. Klub prezidenti o'z yonidan 2,5 mln. rubl sarflab, rostovlik muxlislarning Krasnodarga borish xarajatlarini o'z bo'yniga olar ekan.

75. O'zgarish: Ionov o'rniga Saplinov maydonga tushdi.

74. SHomurodov yana to'qqizinchi raqam poziciyasida harakat qilmoqda.

72. Eldor hujum markazida ishlari yurmagani uchun "Bunyodkor"dagi sevimli poziciyasi - chap qanot hujumchisi joyiga o'tdi.

70. "Rostov" qarshi hujumga o'tdi, to'pni jamoadoshidan qabul qilgan Eryomenko raqibni aldashga urinib, to'pni oldirib qo'ydi.

68. Bugungi o'yinni tomosha qilish uchun "Rostov Arena" stadioniga 33716 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu haqida arena suhandoni elon qildi.

65. "Rostov"ning uzoq davom etgan hujumini Roman Eryomenko noaniq zarbasi bilan yakunladi.

63. O'zgarish: Xoren Bayramyan o'rniga Baxtiyor Zaynutdinov maydonga tushdi. Baxtiyor o'zbek emas, u Qozog'iston fuqarosi.

61. Normann maydonda yotibdi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

58. SHomurodov autdan otilgan to'pni o'ziga to'g'irlashga harakat qilayotganda raqib futbolchisi to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

51. Fantastika! Callagov 8 metrdan darvozabon bilan birga-bir chiqib, darvozaga zarba berdi. Baburinning reakciyasi "Rostov"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Qoyil!

49. Ikkinchi bo'limning boshida "Sochi" faol harakat qilmoqda. "Rostov" himoyada.

48. Pomerko uzoq masofadan zarba berib, Baburin qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilishga urinib ko'rdi. Zarba noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytishdi.

TANAFFUS!

45. SHOMURODOV! Eldor to'pga qaychi uslubida zarba berishga urindi, ammo to'p yaqin turgani uchun zarba hamyurtimiz o'ylagandek chiqmadi.

41. GOOOL! Eryomenko hisobni ochdi! Popov-Ionov-Eryomenko uchligi ajoyib golni yuzaga keltirdi. Golni Telegram kanalimizdan ko'rib olishingiz mumkin.

37. ZARBAAA! Xoren raqib darvozasining yonginasidan gol ura olmadi. Bayramyan jamoadoshining bosh bilan bergan noaniq zarbasini to'xtatib, darvozani ishg'ol qilishga urindi, ammo Janaev yaqin burchakdan to'p o'tishiga imkon bermadi.

34. Burmistrov uzoq masofadan "Rostov" darvozasi tomon zarba berdi, biroq to'p futbolchi o'ylagan tomonga borgani yo'q.

30. Uchrashuvning dastlabki 30 daqiqasida to'pga egalik qilish, vaziyatlar yaratish bo'yicha kichik ustunlik "Rostov" tomonda bo'ldi.

27. ZARBA! Eryomenkoning uzoqdan bergan zarbasidan so'ng, to'p Bayramyanga tegib, darvozaning uzoq burchagiga burildi. Ammo Janaev ajoyib reakciyasi yordamida to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

23. Match! Premer sharhlovchilari SHomurodov haqida iliq so'zlarni aytib, uning kamtarligini etirof etishmoqda.

22. ELDOOOR! "Rostov"ning ushbu o'yindagi dastlabki aniq zarbasiga SHomurodov mualliflik qildi. Hamyurtimiz havodan kelgan uzatmani bosh bilan darvozaga burdi, biroq zarba kuchsiz bo'lgani tufayli posbon Janaev to'pni egallab oldi.

20. Zarba! Normann jarima maydonchasi tashqarisidan "Sochi" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, juda noaniq.

16. Eldor raqib jarima maydonchasi oldida to'pni egallab oldi, biroq uning pasini qabul qiluvchi yoki zarba beradigan futbolchi topilmadi.

13. Bayramyan bir futbolchini aldab o'tdi va SHomurodovning aldamchi harakatini ko'rib, unga pas berishga urindi. Eldor raqibiga qo'shib o'z futbolchisini aldab qo'ygani tufayli to'p oldirildi.

11. Mostovoy hamda Kozlov ikkinchi qavatdagi kurashda to'qnashib ketishdi. Mostovoyning boshi yorilgan va qon oqmoqda. SHifokorlar maydonda.

9. Mehmonlardan xavfli hujum... "Rostov" o'z jarima maydonchasi oldida to'pni oldirib qo'ydi, Burmistrovning yaqin masofadan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi va Baburin to'pni egallab oldi.

7. Zarba! Xoren Bayramyanning chap oyoqda jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi noaniq ketdi.

5. Mostovoy chap qanotdan hujumga o'tdi va bir futbolchini aldab, to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi. "Rostov" himoyachilari osonlik bilan to'pni darvozadan uzoqlashtirishdi.

4. Eryomenko raqib himoyachilari ortiga ochilayotgan Ionovga uzatdi, Aleksey to'pni to'xtatdi va orqaroqda turgan Eldorga to'pni uzatishga urindi, ammo pas noaniq bo'ldi.

2. "Zenit"dan uchralgan yirik mag'lubiyatga qaramasdan "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin boshlang'ich tarkibda o'zgarish qilgani yo'q.

1. Uchrashuv boshlandi.


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика