Rossiyaning "Rubin" klubi Umarali Rahmonalievga qiziqmoqda
12 iyu 2022 20:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/708372_original.jpg)
![](/upload/storage/708372_220.jpg)
Rossiyaning "Rubin" klubi Umarali Rahmonalievga qiziqmoqda
"Rubin" "Bunyodkor" yarim himoyachisi Umarali Rahmonalievga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
2003 yilda tug'ilgan futbolchi ushbu mavsumda Superligada 10 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
Futbolchining "qaldirg'ochlar" bilan amaldagi shartnomasi shu yil yakuniga etadi.
"Rubin" Rahmonalievni ushbu yozdayoq xarid qilmoqchi. Agar u sotilmasa, yil so'ngida jamoadan tekinga ketishi mumkin.
Transfermarkt portali uni 200 ming evroga baholamoqda.
Malumot o'rnida, "Rubin" o'tgan mavsumda RPLda 15-o'rinni egallab, FNLga tushib ketgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar