Rossiyalik referi: “JCH-2018 finalini boshqarish? Bo'lishi mumkin, Ermatov buni isbotladi”
17 apr 2018 00:23
Yangiliklar


Rossiyalik referi: “JCH-2018 finalini boshqarish? Bo'lishi mumkin, Ermatov buni isbotladi”
JCH-2018 o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar qatoriga kiritilgan rossiyalik referi Sergey Karasyov o'z imkoniyatlarini chamalab ko'rdi.
Mundialning final uchrashuvini boshqarish imkoniyatingizni qanday baholaysiz, degan savolga Karasev shunday javob berdi:
“Jahon chempionatining boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman. Evro-2016ning guruh bosqichida biz bor yo'g'i ikkita o'yinni boshqargandik. 1/8 finalda esa bizga ishonch bildirishmadi. Hozir bo'lajak mundialda pley-off uchrashuvida hakamlik qilishni xohlayapmiz.
Men realistman. Lekin oldindan bir narsa deya olmayman. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Buni o'zbekistonlik ajoyib referi Ravshan Ermatov isbotladi. 2010 yilgi jahon chempionatining eng yosh hakami bo'lishi bilan birga chorak final va xatto finalni ham boshqardi. U ajoyib inson ham”, -dedi Karasyov.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar