Rossiyalik hujumchi Barselonaga yo'l olishi mumkin

Alisher
6 yanv 2020, 10:20
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi hujumchisi Fyodor Smolov "Espanol"ning qishki transferlar oynasidagi ilk transferi bo'lishi mumkin.

"Popugaylar" anchadan beri o'z omadini Yevropada sinab ko'rishni xohlaydigan 29 yoshli Fyodor Smolovni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

"Espanol" hozirda yangi murabbiy Abelardo uchun hujumkor futbolchilarni izlashga harakat qilmoqda.

U jamoaning ushbu mavsumidagi uchinchi murabbiyiga aylandi. Smolov oldinroq Yevropa klubiga o'tishni maqsad qilib yurgandi, ammo transfer muvaffaqiyatsiz o'tgan JCH-2018dan so'ng amalga oshmadi. Uning "Lokomotiv" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 3ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario La Grada