So’nggi yangiliklar

13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  5 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  6 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  2 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  7 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  3 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  10 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  11 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  14

Rossiya yo'llarida buzilib qolgan - nemis mashinasi Yangiliklar

Rossiya yo'llarida buzilib qolgan - nemis mashinasi

Teglar :  JCH-2018Germaniya
O'sha hamma gapirgan anana davom etdi, Germaniya esa tarixda ilk bor mundialni guruh bosqichida tugatdi.

Jahon chempionlari guruhda qolib ketish noxush ananasi davom etdi. JCH-2002da Franciya, JCH-2010da Italiya, JCH-2014da Ispaniya va mana bugun JCH-2018da Germaniya mundialni uchta o'yinlik ishtirok bilan muddatidan avval yakunladi.

Franciya, Italiya, Ispaniya va Germaniya bilan sodir bo'lgan o'sha noxush anana Braziliyaga kelganda tasir qilmagan. JCH-2006da amaldagi chempion bo'lgan Braziliya guruhdan omon-eson chiqqan. Demak, 21 asrda Jahon chempionlari bo'lgan Evropa jamoalari chempionlik yukini ko'tarishga qiynalishmoqda. Bu shunchaki statistika va g'aroyib tasodif.

Endi Germaniyaning inqirozli ishtirokiga qaytsam, ko'pchilik buni Saneni mundialga olib ketilmaganiga bog'lamoqda. To'g'ri, Sanedek futbolchini terma jamoadan chetda qoldirish g'alati ish bo'lgandi. Ammo hamma muammo bunda emas. Yani, Sane Rossiyaga kelganida ham Germaniyaning ishtiroki tubdan yaxshilanib qolishiga kafolat yo'q edi. Zero Germaniyada hech qachon bir futbolchi o'yin taqdirini hal etmagan. Nemis mashinasi doim birdamlik, jamoaviy o'yin evaziga yutuqlarga erishgan va ularning eng kuchli tarafi ham shunda aslida.

Germaniyada individual jihat hech qachon birinchi o'ringa chiqmagan. Saneni olib ketmagani Lyovning asosiy aybi emas, murabbiyning qo'pol xatosi jamoani bir oylik musobaqaga to'g'ri tayyorlay olmaganida bo'ldi. O'yinlar shuni aniq ko'rsatdiki, Lyov guruh bosqichini ortiqcha qiyinchiliksiz o'tkazishga haddan ziyod ishondi va jamoa kuchini tejagan holda o'ynatishni maqul ko'rdi. Avval Meksika bilan duch kelingan muvaffaqiyasizlik shunchaki tasodifga o'xshadi. Keyinchalik bir amallab SHveciya so'nggi daqiqalarda mag'lub etildi va imkoniyat saqlanib qoldi. Bugun esa 2ta to'p farqidagi g'alaba Germaniyani har qanday holatda ham nimchorak finalga olib chiqardi. Lyov Janubiy Koreyani ortiqcha muammosiz mag'lub etishlariga ishongandi. Zero birinchi bo'limda jamoa juda xotirjam harakat qilgan holda Janubiy Koreyani to'psiz charchatishni ko'zladi. Tanaffusdan so'ng jamoa o'yiniga biroz agressiya qo'shildi, ammo hecham o'ylangan ishlar o'xshamadi. Yaratilgan sanoqli, ammo yaqqol golga tortadigan vaziyatlardan gol uradigan futbolchi topilmadi. Lyovni Koreyani to'psiz charchatish natijasida ikkinchi bo'limda agressiv o'yin orqali gollar urish rejasi ish bermadi. Aksincha, Germaniya bu pallaga kelib, ham ruhan va jismonan juda toliqib qolgani shundoq ko'rindi. Nemis mashinasida qiyin pallada o'yinni o'z qo'liga oladigan individual kuchli futbolchi yo'q. Balki Sane bo'lganda nimadir qilardi, degan savollar tug'lishi tabiiy. Bu savollar bilan Lyov endi juda ko'p duch keladi. Ammo Lyovning eng katta xatosi, jamoa o'yinini guruh bosqichidan keyin bosqichma-bosqich optimallashtirib, jamoani aynan shunga moslab tayyorlayotganda guruhdagi raqiblarni unutib qo'yganida bo'ldi. Lyov negadir guruhdan juda oson o'tishlariga ishondi.

Aynan shu katta ishonch aks tasir etdi. Lyov Meksikadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin ham o'yinni tezda butkul o'zgartira olmasdi. Uning rejalari birinchi o'yindanoq buzildi. Germaniya Rossiyadagi mundialni piyoda o'ynab o'tkazgandek tuyuldi. Hech bir futbolchini alohida ajratib ko'rsatishni imkoni yo'q. Masalan, Toni Kroos garchi SHveciya bilan o'yinda jamoani qiyin palladan qutqarib ketgan bo'lsada, uchta o'yinda umuman o'ziga o'xshamadi. SHveciya bilan o'yinda esa uning qo'pol xatosini goli "yuvgandi". Meksika va bugungi Janubiy Koreyaga qarshi bahsda ham Toni Kroos o'zining faoliyatidagi eng yomon o'yinlaridan birini o'tkazdi. Tomas Myuller esa umuman o'ynamadi. Mesut O'zil esa futbolchi maydonda qanday harakat qilmasligini amalda ko'rsatib berganga o'xshadi. Germaniya tarkibida mundial kashfiyoti bo'lishi kutilgan Timo Verner anti-kashfiyotga aylandi. Umuman hech bir futbolchi o'zining yarim kuchini ham ko'rsata olmadi.


Bu nimadan dalolat? CHunki murabbiy jamoani tayyorlashga kelganda qaerdadir xatoga yo'l qo'ygani aniq. Aynan tayyorgarlik jarayonidagi xato va bazi inobatga olinmagan jihatlar katta inqirozni yuzaga chiqardi. Germaniyada alohida individual yulduzlar yo'qki, kerak va qiyin paytda jamoani "inqirozdan" olib chiqib keta oladigan. Bu erda barcha bir muruvvatdek ishlashi lozim. Jamoaviy o'yinga tayanadigan jamoalarga tezkor gollar juda muhim. Germaniya o'sha tezkor golni uradigan o'yinini birinchi bo'limda, umuman guruh bosqichida qo'llay olmadi. To'liq agressiv va tezkor o'yin namoyish etishga ularning jismoniy holati yo'l qo'ymadi. Lyovning pley-off rejasini puxta o'ylagani va guruh bosqichini unutib qo'ygani yakunda pand berdi.

O'yin, jismoniy holatdagi kamchilik, "nagruzkalar" va natijani yomonlashib borgani esa ruhiy tushkunlikni keltirib chiqardi. Qisqa qilib aytganda, Nemis mashinasi Rossiya yo'llarida buzilib qoldi.

Mundialda Germaniya tarkibidan faqatgina Noyerga ortiqcha savollar yo'q


Masalan, SHveciyaga qarshi o'yinda bo'lgani kabi Germaniya o'yin oxirlarida birgina golni urib, hozir nimchorak finalga Lyov istagan reja asosida chiqishi mumkin edi. Uyog'iga umuman boshqa nemis mashinasini ko'rardik, balki. Ammo Germaniya guruh bosqichiga bunga munosib ekanini isbotlay olmadi. Lyovning mundialga tuzgan rejasidagi qo'pol xato evaziga nemis mashinasi haqli ravishda Rossiyadagi yurishini guruh bosqichida to'xtatdi. Haqiqat qaror topdi. Lyov Koreya, Meksika yoki SHveciyani mensimadi. Yoaxim hozirda hamma futbol o'ynashni, himoyalanishni o'rganib olganini biladi, ammo jamoasi kuchiga keragidan ortiq yuqori baho berib yubordi. Mundialda, umuman futbolda hozirda bu kabi xatolar kechirilmaydi. Yo'qsa Gomes yoki Xummelsni vaziyatlarida Germaniyadan ochiqchasiga omad yuz o'girmasdi.

Lyovning futbolchi tanlashdagi (o'zining yoqimtoylari) qaysarligi, g'alati qarorlari doim bo'lgan. Leroy Sane shunchaki ko'p eslandi va (CHunki jamoa muvaffaqiyatga erishmadi.) hali yana ko'p eslanadi. Lekin Germaniyaning inqirozi birgina Sanega bog'liq emas. Umuman muvaffaqiyatsizlik alohida nomlar (futbolchilar) bilan emas, balki murabbiyning yo'l qo'ygan xatosi bilan bog'liq.

Nemis mashinasiga himoya chizig'idan Lam, o'rtadagi tayanch SHvaynshtayger va haqiqiy "snayper" Klozeni futbolni tugatgani qattiq tasir etishda davom etadi. Evro-2016da buni amalda ko'rgandik, Rossiyadagi mundialda esa ularni yana bir bor juda erta eslashga majbur bo'ldik.

Germaniya Futbol Ittifoqi Lyov borasida qanday qaror chiqarishi haqida hozircha aniq bir gapni aytish mushkul. CHunki mundial oldidan Lyov bilan o'rtadagi kelishuv uzaytirilgandi.

SHaxsiy xulosam, Germaniya terma jamoasida avlodlar almashuvi o'tkazish davri etib keldi. GFI yoki Lyovdan voz kechishi kerak, yoki Lyov qaysarligini chetga surib qo'yib terma jamoaning o'rta chizig'ini butkul yangilashi lozim.

Muallif :
Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика