Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi bugungi o'yinda SHomurodov "Rostov"ning g'alabasini taminlaydi deb o'ylamoqda
26 okt 2019 16:27
Yangiliklar


Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi bugungi o'yinda SHomurodov "Rostov"ning g'alabasini taminlaydi deb o'ylamoqda
"Spartak" va Rossiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Egor Titov RPL 14-tur doirasida "Rostov"ning "Sochi"ga qarshi o'yindagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
- Rostovliklarning Peterburgdagi dahshatli o'yindan so'ng o'zlari uchun qanday xulosaga kelishganlarini ko'rish juda ham qiziq. 1:6 - "Rostov" qachon bunday og'ir zarba qabul qilib olganini eslash qiyin.
Bu hali ham uy uchrashuvi va mezbonlar uchun yaxshi atmosferada o'tishi aniq. Eryomenko, Popov, Ionov va SHomurodovlar ko'proq o'zlarini yaxshi his etishadi. "Zenit"ga qarshi o'yinda esa ular hamma narsani boy berishdi.
Raqib yopilib o'ynaydi, ammo "Rostov"ning ijro mahorati o'z so'zini aytishi kerak. Ularning g'alabasi uchun bitta gol etadi va men shunga tikaman. Menimcha, SHomurodov o'z imkoniyatini topadi, - deydi Titov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar