Rossiya klubi "Borussiya D" forvardining transferi uchun 20 mln. evro sarflmoqchi
29 iyu 2019 01:30
Yangiliklar


Rossiya klubi "Borussiya D" forvardining transferi uchun 20 mln. evro sarflmoqchi
Borussiya D hujumchisi Maksimilian Filipp katta ehtimol bilan Rossiyaga ko'chib o'tadi, deya xabar qiladi Germaniya nashrlaridan biri.
Manbaga ko'ra, futbolchi bilan Moskvaning «Dinamo»si muzokaralar o'tkazmoqda. Moskvaliklar uning transferi uchun 20 mln. evro ajratmoqchi va kelishuv yaqin orada amalga oshishi kutilmoqda.
SHuningdek, 25 yoshli forvard «arilar»ning mavsumoldi yig'inlarida qatnashmayotgani haqida xabarlar bor.
Eslatib o'tamiz, germaniyalik forvard o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 23 bahsda qatnashib, 2+3 ko'rsatkichni qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar