Rossiya chempionati, 4-tur. "Spartak" markaziy bahsda g'alaba qozondi, "Loko" esa ochko yo'qotdi
22 avg 2016 00:55
Yangiliklar


Rossiya chempionati, 4-tur. "Spartak" markaziy bahsda g'alaba qozondi, "Loko" esa ochko yo'qotdi
Turning markaziy bellashuvlaridan biri Moskvada kechdi. Unda "Spartak" jamoasi hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p suradigan "Krasnodar"ni qabul qildi va ishonchli g'alabaga erishdi.
Ze Luishning ikkita goliga "Krasnodar" jamoasi javob bera olmadi. Odil Ahmedov uchrashuvning 63-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 27 daqiqa harakat qildi.
Yana bir hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p tepadigan "Lokomotiv" klubi "Krilya Sovetov" bilan o'zaro kuch sinashdi. Bu o'yinda hisob ochilmadi. Vitaliy Denisov esa uchrashuvda 87 daqiqa o'ynadi va keyin o'z o'rnini Yanbaevga bo'shatib berdi.
Rossiya chempionati, 4-tur. Turnir jadvali
Lokomotiv – Krylya Sovetov 0:0 (0:0, 0:0)
stadion Lokomotiv
Lokomotiv – Gilerme, SHishkin, CHorluka, Mixalik, Vitaliy Denisov (Yanbaev, 87), Miranchuk, Ndinga, Kolomeycev, Samedov, SHkuletich (Xenti, 76), Kasaev (Maykon, 76).
Krilya Sovetov – Loriya, Callagov, Koncedalov, Nadson, Taranov, Yatchenko, CHochiev (Bato, 74), Bashkirov, Rodich, Bryuno (Yaxovich, 82), Kornilenko (Mbakogu, 74).
Ogohlantirishlar: Yatchenko (11), SHishkin (45), Ndinga (63), CHochiev (67).
Amkar – Ural 1:0 (0:0, 1:0)
stadion Zvezda
Gol: 1:0 – 63 Bodul.
Amkar – Selixov, Idovu, Zaycev, Zanev, Milkovich, SHavaev (Xurcidze, 87), Ogude, Balanovich (Yovichich, 80), Djikiya, Anene, Bodul (Komolov, 72).
Ural – Zabolotnyy, Fontanello, Merkulov (Pavlenko, 77), Dinga, Pankov, Lungu, Kulakov, Fidler (Pavlyuchenko, 67), Emelyanov, Dancev, Stavpec (Korobov, 59).
Spartak – Krasnodar 2:0 (1:0, 1:0)
Otkrytie Arena
Gollar: 1:0 – 15 Ze Luish, 2:0 – 74 Ze Luish.
Spartak – Rebrov, Tashchi (Bokketti, 10), Kutepov, Eshhenko, Kombarov, Glushakov, Zobnin, Fernando, Promes, Popov (Ananidze, 60), Ze Luish (Melgarexo, 85).
Krasnodar – Kricyuk, Strannberg, Endjeychik, Kaleshin (Bystrov, 72), Grankvist, Torbinskiy (Podberezkin, 56), Gazinskiy, Kabore, Pereyra (Odil Ahmedov, 63), Smolov, Ari.
Ogohlantirishlar: Fernando (66), Smolov (71), Kombarov (87), Melgarexo (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar