CSKA "Zenit"ga qarshi penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, Rossiya kubogi superfinaliga yo'l oldi! Fayzullaev zaxiradan maydonga tushdi
15 may 00:00
Yangiliklar


CSKA "Zenit"ga qarshi penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, Rossiya kubogi superfinaliga yo'l oldi! Fayzullaev zaxiradan maydonga tushdi
Rossiya kubogi "RPL yo'li" finalining javob o'yinida CSKA "Zenit"ni mehmon qildi va penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.
CSKA Rossiya kubogi "RPL yo'li" finalining javob o'yinida "Zenit"ga qarshi maydonga tushdi. Birinchi o'yindagi 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni javob o'yinida yo'qqa chiqargan CSKA penaltilar seriyasida 4:3 hisobda g'alaba qozondi va Rossiya kubogi yakuniy final o'yiniga yo'l oldi. Abbosbek Fayzullaev o'yinning 62-daqiqasida Miralem Pyanich o'rniga maydonga tushirildi. Rossiya kubogi supefinali 1 iyun kuni Lujniki stadionida o'tkaziladi. CSKAning raqibi "Spartak" yoki "Rostov" bo'ladi.
CSKA – "Zenit" 2:0 (penaltilar seriyasi: 4-3)
Dastlabki uchrashuv: 0:2
O’xshash yangiliklar

Fikrlar