Rossiya birinchi ligasi. Vagiz Galiulin gol urdi, Vitaliy Denisov jamoasida durang
07 mar 2021 17:55
Yangiliklar


Rossiya birinchi ligasi. Vagiz Galiulin gol urdi, Vitaliy Denisov jamoasida durang
"Nefteximik" klubi o'z maydonida "Dinamo-Bryansk"ni 5:1 hisobida taslim qildi. Hamyurtimiz Vagiz Galiulin 6-daqiqada jamoasining birinchi golini urishga erishdi va 76-daqiqada almashtirildi. "Nefteximik" safidagi yana bir o'zbekistonlik futbolchi Bobir Davlatov esa zaxirada qoldirildi. "Nefteximik" ushbu g'alabadan keyin o'z ochkolari sonini 46taga etkazib oldi va musobaqa jadvalida 7-o'rinda bormoqda.
FNL, 28-tur.
"Nefteximik" - "Dinamo-Bryansk" 5:1
6 mart. Nijnekamsk. "Nefteximik" stadioni.
Bosh hakam - Evgeniy Bulanov (Saransk).
Gollar: Danilin, 4 (0:1); Vagiz Galiulin, 6 (1:1); Uridiya, 20 (2:1); Yushin, 69 (3:1); Pervushin, 74 (4:1); Kotik, 89 (5:1)
"Tom" esa mazkur turni safarda "Tekstilshik"ka qarshi o'tkazib 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mehmonlar safida hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'liq harakat qildi. "Tom" 28ta o'yindan 21 ochko jamg'arib 22ta klub orasida 21-o'rinni egallab turibdi.
"Tekstilshik" - "Tom" - 1:1
6 mart. Ivanovo. "Tekstilshik" stadioni.
Bosh hakam - Yunus Koshko (Belorechensk).
Gollar: Bachinskiy, 17 (1:0). Kosarev, 62 - penaltidan (1:1).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar