Ronaldu "Yuve"dan ketadimi? Rafiqasi javob berdi
30 may 2021 19:16
Yangiliklar
Ronaldu "Yuve"dan ketadimi? Rafiqasi javob berdi
Turinning "Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodrigesning aytishicha, futbolchi "keksa sinora" safida qoladi.
Ronalduning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi. Eslatib o'tamiz, 36 yoshli portugaliyalik hujumchi "Sporting" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ronaldu "Yuventus"da 2018 yildan buyon harakat qiladi, u italyan jamoasiga Madridning "Real" klubidan 117 mln evro evaziga kelib qo'shilgan. U 29 gol bilan A Seriyaning 2020/2021 yilgi mavsumdagi to'purari bo'ldi.
Avvalroq Ronalduning xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Sporting" va "Roma" klublari qiziqish bildirgandi, hujumchining o'zi esa mankunianlar safiga qaytishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar