So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Ronalduning "Man Siti"ga o'tishi: bu ertakmi yo haqiqat? Yangiliklar

Ronalduning "Man Siti"ga o'tishi: bu ertakmi yo haqiqat?

So'nggi kunlarda portugaliyalik atrofida mish-mishlar oqimi yuzaga kelgan desak, mubolag'a bo'lmaydi.

"SHaharliklar" futbolchiga yiliga 15 mln evro maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Qiziq tomoni, inglizlar rahbariyati "Yuventus" Ronalduni butkul tekinga qo'yib yuborishiga ishonmoqda. Vaholanki, Ronaldu va Turin klubining 2022 yil yozigacha amal qiluvchi shartnomasi bor. O'z navbatida, uzun-quloq gaplarga qaraganda, "keksa senora" Krishtianu uchun kamida 30 mln evro yoki Gabriel Jezusni qo'lga kiritish niyatida.

Oxirgi malumotlarga qaraganda, "Man Siti" nafaqat braziliyalik futbolchisini qo'yib yubormoqchi, balki 36 yoshli futbolchi transferi uchun 30 mln evro to'lashni ham istamayapti.


O'zi Ronaldu manchesterlik shayxlarga kerakmi?

"SHaharliklar" Londonning "CHelsi" klubiga (0:1) boy bergan Evropa CHempionlar Ligasi finali ko'rsatganidek, jamoa faqat qanotlardan hujum qilib, amalda markaziy hujumchisiz o'ynashi juda murakkab jarayon. SHu sababli, "shayxlar" butun transfer oynasi davomida "Tottenxem"ga Xarri Keyn uchun 100 mln evrodan ko'proq mablag' taklif qilishdi. Biroq kecha Angliya termasi sardori yana bir yil Londonda qolishi rasman aniq bo'ldi. Deyarli barcha buni futbolchining o'zidan bildi:

"Men bu yoz "Tottenxem"da qolaman va bor etiborim jamoa muvaffaqiyatlariga hissamni qo'shish uchun qaratilgan", — deb yozdi Keyn "Twitter"da.

Bu yoz Xarrini qo'lga kiritish imkonsizligini tushungan "Man Siti" Ronaldu variantiga etibor qaratgani qator OAVlarda takidlana boshladi. Futbolchining o'zi ham "Yuventus"ni shu transfer oynasidayoq tark etish payida yuribdi. Bir qarashda "shaharliklar" uchun Krishtianu transferiga futbolchining katta maosh talab qilishi va yoshi sabab (Italiya chempionatining o'tgan mavsumdagi to'purari hozirda 36,5 yoshda) savollar etarli. "Siti" talabi oddiyroq va yoshroq hujumchi xarid qilgani maqul. Jamoada Gvardiola falsafasiga mos tushadigan yosh Ferran Torres borligini ham unutmaslik lozim.


Agar transfer amalga oshsa, Ronaldu "Siti"ni kuchaytira oladimi? 

Bu savolga javob berish uchun dastlab portugaliyalik futbolchining "MYU" va "Yuve"dagi  statistikasiga murojaat qilsak. Nega aynan bu ikki jamoa deysizmi? CHunki "Manchester Yunayted"da portugaliyalik aynan APLda to'p tepgan, "Yuventus"dagi statistika esa futbolchining bugungi kundagi daraja va holatini aniqlab beradi.

"Qizil iblislar" safida Krishtianu 292 o'yinda maydonga tushgan (196 – APL, 55 – ECHL, 26 – Angliya Kubogi, 12 – Liga Kubogi, 2 – Klublar o'rtasidagi JCH, 1 – Angliya Superkubogi);

Gollar: 118 (84 – APL, 16 – ECHL, 13 – Angliya Kubogi, 4 – Liga Kubogi, 1 – Klublar o'rtasidagi JCH);
Assistlar: 61;
Gollar va assistlar o'rtacha har mavsum: 30;
Xet-triklar: 1;
Sariq kartochkalar: 42;
Qizil kartochkalar: 4.

Ayni damda "keksa senora" safida portugaliyalikning statistikasi quyidagicha ko'rinish olgan:

O'yinlar: 136 (100 - A Seriya, 23 - ECHL, 10 - Italiya Kubogi, 3 - Italiya Superkubogi)
Gollar: 101 (81 - A Seriya, 14 - ECHL, 4 - Italiya Kubogi, 2 - Italiya Superkubogi);
Assistlar: 22;
Gollar va assistlar o'rtacha har mavsum: 41;
Xet-triklar: 3;
Sariq kartochkalar: 13;
Qizil kartochkalar: 1.

Statistik ko'rsatkichlarni tahlil qilib aytish mumkinki, portugaliyalik o'z yoshi uchun yaxshi sport formasida va butun jamoa "unga o'ynasa", "shaharliklar" safida ham mavsum davomida 20 - 25ta gol ura oladi. Albatta, Krishtianu "Man Siti"ni kuchaytira oladi, ammo jamoa ustozi butun o'yinni portugaliyalik uchun o'zgartirar, yangidan qurarmikan?


Ronaldu o'yini va Pep Gvardiola futbol falsafasi bir-biriga mos keladimi?

Bu punktni uzoq cho'zib o'tirishga hojat yo'q, javob yaqqol ko'zga tashlanib turibdi. "Manchester Siti" murabbiyi to'pga total egalik qilishni maqul ko'radi, bu esa raqibni jismonan holdan toyishiga sabab bo'ladi.

APLning faqatgina 2 o'yinida "shayxlar" to'pni o'rtacha 66,4% nazorat qildilar, bu borada jamoa "Brayton" (64,1%) va "CHelsi" (63,7%)ni ortda qoldirib, etakchilik qilmoqda. Krishtianu turli uslublarda harakat qila oladigan futbolchi, lekin APLda o'ynaganiga qaramay, moslashuv jarayoni oson o'tmasligi aniq va nafaqa yoshiga yaqinlashgan Ronaldu yana bir bor APLni "yondira olarmikan"?!


Portugaliyalikning "Man Siti"ga shaxsiy munosabati

Ronaldu bir necha bor "Siti"ga o'tmasligini aytib o'tgan. Misol uchun, uning 2009 yilda aytgan so'zlari:

"Siti" yangi jamoa qurishni niyat qilgan, yaxshi futbolchilarni xarid qilishmoqda, lekin endi bu mening muammoyim emas. Bu "CHelsi", "Liverpul", "Arsenal" va "MYU"ning bosh og'rig'i. Men endi boshqa chempionatda to'p tepaman. Hozir men mavsum startiga tayyorgarlik haqida va "Barselona", "Valensiya" hamda boshqa klublarga qarshi kurashga tayyor bo'lishni o'ylashim lozim. "Man Siti" nima qilayotgani meni qiziqtirmaydi, hech qachon ushbu jamoaga o'tmayman".

Portugaliyalikning 2011 yil aytgan boshqa gaplari:

"Manchester Siti" safida to'p tepmaslikka so'z beraman".

"Manchester Siti"ga ehtimoliy transferi borasida 2013 yil Krishtianu shunday degandi:

"Manchester Yunayted" emas, "Manchester Siti" safida to'p tepish? Men bunday qilmayman. Nega? CHunki mening yuragim "Manchester Yunayted"da.

2017 yil "Yuventus"ga o'tishdan avval "Oltin to'p" beshkarra sohibining fikri quyidacha edi:

"Manchester Siti" men uchun 170 million evro taklif qilgandi? Yomon emas-a? Lekin bu jamoada to'p tepmaslikka vada beraman".


"MS" ustozi bilan o'zaro munosabatlar

So'z navbati Gvardiolaning Krishtianuga va aksincha yo'nalishdagi munosabatlarga etgandek. Barchasi o'sha tarixiy "El-Klasiko"dan boshlangan. O'shanda "Barsa" "Real"ni yirik 5:0 hisobida taslim qilgan, Krishtianu Ronaldu esa o'sha vaqtda kataloniyaliklar ustozi bo'lgan Xosep Gvardiolani turtib yuborgan.

"Barselona" 2:0 hisobida oldinda va "Real" nokdaun holatida edi. To'p maydon chizig'ini kesib o'tib, Gvardiolaning qo'liga borib tushdi. Ronaldu uni olib, o'yinni davom ettirmoqchi edi, ammo murabbiy to'pni yon tomonga tashlab yubordi — bunga javoban Ronaldu jaxl ustida raqib murabbiyini turtdi. Xo'sh, Gvardiola Ronalduning o'rnida istalgan boshqa futbolchi bo'lsa ham shunday qilarmidi? Balki, yo'q. U "Real"ning asosiy yulduzining jaxlini chiqarish niyat qilgan va buni uddalagandi.

Esda qolarli navbatdagi vaziyat "Oltin to'p" taqdirlash marosimida Gvardiola barchaning etibor markazida Ronaldu "tashlagan beshini olmagandi". Ha, Pep, biz Krishtianu senga yoqmasligini tushunib bo'lganmiz!

Tabiiyki, portugaliyalikning transferi butun dunyodagi muxlislar ichida va futbol dunyosida katta shov-shuvga sabab bo'ladi. Bundan ikki yilcha avval PSJ va "Siti", Evropda o'zining ko'pchilikka yoqmaydigan transfer siyosati bilan, dunyoning eng katta muxlislar auditoriyasiga ega ikki futbolchisini tarkibiga qo'shib olishi imkonsizdek edi, ammo hozir Leo "Parij"da, "Oltin to'p"ning besh karra sohibining "shaharliklar" safiga qo'shilishi haqidagi mish-mishlar esa tobora haqiqatga yaqinlashib bormoqda.


Manchesterning boshqa klubiga o'tish - bu sotqinlikmi?

Portugaliyalikning bu qadami juda qiyindek tuyulsada, mabodo shunday bo'lsa, "MYU" va Ser Aleks Fergyuson tomon "tupurishdek" gap. Vaholanki aynan Fergi portugaliyalikni katta futbolga olib kirgan va yulduz bo'lishiga sabab bo'lgan insonlardan biri. Yana Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi davrida aytgan gaplarini yodga olamiz:

"Manchester Yunayted" mening uyim. Yuragim ushbu klubga tegishli. Men faqat shu erda to'p tepishni istayman. Murabbiy jamoaga ishonadi, men ham. Manchesterda Fergyuson menga ikkinchi otamdek bo'lib qoldi".

Boshqa tomondan Krishtianuni tushunsa bo'ladi, uning maoshini "ko'tara oladigan" klublar butun dunyo bo'yicha sanoqli. AQSH yoki arab o'lkalariga borishni Ronaldu hamon rad etmoqda, bunday vaziyatda faqatgina "Siti" varianti qoladi. Ammo kecha "Manchester Yunayted" ham ishga aralashmoqchiligi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Buyog'i yanada qiziq bo'ladi. 


Yakun:

Ronalduning "shaharliklar" safiga ko'chib o'tishi o'n yilcha avval fantastikadek tuyulardi, lekin hozir barchasi shunga qarab ketmoqda. Sababi portugaliyalikning g'alabaga bo'lgan chanqoqligi unga "Yuventus"da qolib, faqatgina Italiyada sovrinlar yutib, to'purar bo'lib yurishga imkon qoldirmaydi, Turin bilan CHempionlar Ligasida zafar quchish "Real"dagidek oson emasligini Krish tushundi chog'i. O'z yoshi uchun ajoyib formada bo'lgan Ronaldu yana ikki yil yuqori darajani ushlab qolish va Levandovskiy, Messi, Mbappe va Xolland bilan "Oltin butsa" va "Oltin to'p" uchun kurashishni istashi aniq.

Bugun "Yuve" ustozi Allegri ham Ronaldu ketayotganini aytib o'tdi. "Siti" va "Yuve" bosslari kelishuvi qanday bo'ladi bilmaymizku, lekin balki aynan Ronaldu "shaharliklar"ga orzuqib kutilgan CHempionlar Ligasi bosh sovrinini keltirar.

Demak, yana ozgina kutsak etarli, Ronaldu Turinni tark etishi aniq, lekin uning keyingi manzili qaer bo'ladi? Nima deb o'ylaysiz?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика