So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Ronalduning jarohatidan keyin "Yuve"da porlab chiqayotgan "gol-mashina" tufayli yuzaga kelgan mojaro Yangiliklar

Ronalduning jarohatidan keyin "Yuve"da porlab chiqayotgan "gol-mashina" tufayli yuzaga kelgan mojaro

Ha, to'g'ri angladingiz, gap Italiya terma jamoasidan chaqiruv olishga ulgurgan Moyze Kin haqida.

Italiyalik 19 yoshli Kin kecha "Kalyari" darvozasini ham ishg'ol etdi. Natijada Moyze Kin maydonga tushgan oxirgi 6 uchrashuvda 6ta gol ("Yuve"da 4 gol, Italiya terma jamoasida 2 gol) urishga erishdi.

Krishtianu Ronalduning jarohatidan so'ng o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan Moyze Kin juda yaxshi samaradorlik ko'rsatmoqda. Hujumchi kechagi golidan keyin "Yuventus"ning joriy mavsumda chempionatdagi eng yaxshi uchinchi to'purariga aylandi. Kin qisqa vaqt ichida gol urish bo'yicha Emre Jan va Paulo Dibalani quvib o'tdi.

Ammo kechagi o'yindan keyin Moyze Kinning gollaridan ko'ra uning golni qanday nishonlagani va Sardiniyada unga nisbatan irqchilik munosabatida bo'lishgani matbuotning diqqat markazida.

Butun uchrashuv davomida Sardiniyadagi tribunalar Kinga nisbatan xushtakbozlik qilishdi. Natijada Moyze raqib darvozasini ishg'ol etgach golni nishonlamadi va "Kalyari" muxlislari sektori qarshisiga qarab turib oldi. Tabiiyki "Kalyari" Ultrasi (ashaddiy ishqibozlari) buni provakaciyaon harakat deb qabul qilishdi. Bu orada Kinni oldiga Bentankur va boshqa jamoadoshlari kelib, Moyzeni mazkur sektor oldidan olib ketishga urinishdi. 

O'yinning qolgan daqiqalari davomida butun tribuna Moyze Kin, Aleks Sandro va Matyuidiga nisbatan irqchilik kayfiyatida kuchli xushtakbozlik qilishdi.

Matyuidiga nisbatan o'tgan mavsumda ham aynan Sardiniyada irqchilik munosabatida bo'lishgandi. Franciya terma jamoasi azosi Blez Matyuidi esa o'shanda o'yin hakami Pero Djakomellidan uchrashuvni to'xtatishni (yangi qoidalar bo'yicha mumkin) talab qilgandi. Biroq o'yin to'xtatilmagan va stadion suhandoni mazkur vaziyat tufayli uchrashuv to'xtatilishi mumkinligini ogohlantirish bilan cheklangandi. "Kalyari" futbolchilari Alessio Krano hamda Luka CHeppitelli o'z muxlislarini tinchlantirishga harakat qilishgan, lekin bu foyda bermagandi.

Leonardo Bonuchchi  esa bu vaziyatda futbolchidan ham xatolik o'tganini takidladi. Bonuchchining fikricha, futbolchi golni jamoadoshlari bilan nishonlashi lozim. Uning hayoli tribuna tomonga og'imasligi kerak. Futbolchilar yaxshi taraflama o'rnak bo'lishlari lozim. Bonuchchi bu vaziyatda har ikkala taraf ham aybdor deb hisoblaydi. Leonardo Moyzeni adashganini takidlab,  muxlislarning ham o'zini tutishini oqlab bo'lmasligini aytdi.


Allegri ham Kinni tanqid qildi va jamoaviy tartib bo'yicha jazoga tortilishini takidladi.

"Futbolchilar provakaciyaga uchmasligi va provakaciya qilmasligi lozim. Muxlislar esa o'zlarini madaniyat bilan tutishlari kerak. Lekin unutmaslik kerakki, stadionga ham hayotda bo'lgani kabi yaxshi va ahmoq odamlar uchrab turadi. Bunday ahmoq muxlislarni stadiondan butunlay haydab yuborish kerak. Muammo shundaki, bu bilan hech kim shug'ullanishni istamaydi", - deydi Allegri.

"Kalyari" prezidenti Tommazo Djulini esa o'zinikilarni himoya qilib chiqish qildi: "Masalan Bernardeski gol urib shunday nishonlaganida ham muxlislarning reakciyasi shu kabi bo'lardi", - deya bu erda irqchilik bo'lmaganiga ishora qildi.

Endilikda "Kalyari" jamoasi uy o'yinlarini yarmi yopiq tribunalarda o'tkazish xavfi mavjud.

Eslatib o'tamiz, Italiya chempionatining 30-turi doirasidagi "Kalyari" - "Yuventus" uchrashuvida mehmonlar (0:2) g'alaba qozonishdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика