Ronaldu700-goli haqida: "Men rekordlarni qidirmayman, ularni o'zi meni topadi"
15 okt 2019 11:52
Yangiliklar


Ronaldu700-goli haqida: "Men rekordlarni qidirmayman, ularni o'zi meni topadi"
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Evro-2020 saralashi doirasida Ukrainadan uchralgan mag'lubiyat (1:2)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Krishti ana shu bellashuvda o'zining faoliyati davomidagi 700-golini kiritgandi.
"Bunday ishga hamma ham qodir emas. Hozirgi darajaga chiqishimga yordam bergan jamoadoshlarim va murabbiylarimga rahmat. G'alaba qozona olmaganimizdan jahlim chiqdi, ammo jamoa bilan faxrlanaman.
Menda qancha rekord borligini bilmayman. Vaziyatdan zavq olish kerak va bunday ajoyib marrani zabt etishimga ko'maklashganlarga tashakkur bildirish lozim.
Rekordlar o'z-o'zidan qayd etilmoqda. Men ularni qidirmayman, ularni o'zi meni topishadi. Hammasi o'z-o'zidan ro'y beradi, ataylab rekord qilish uchun harakat qilmayman", - dedi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar