Ronaldu - "Yuventus"ning 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi
10 avg 2020 16:44
Yangiliklar
Ronaldu - "Yuventus"ning 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ning 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
35 yoshli forvard Turin jamoasining muxlislari o'rtasidagi o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra g'olib deb topildi.
Portugaliyalik futbolchi A Seriyada 33ta o'yinda 31ta gol, barcha musobaqalarda esa 37ta gol kiritgan holda, klubning yangi rekordini o'rnatdi.
Krishtianu Ronaldu "Yuve" tarkibida ketma-ket ikki mavsum A Seriyada g'olib bo'ldi. Turinliklar CHempionlar Ligasida 1/8 finaldanoq musobaqani tark etishdi.
Fikrlar