So’nggi yangiliklar

23:15Озарбайжон. "Сумқайит" сўнгги дақиқадаги пенальти сабаб мағлуб бўлди  0 22:55"Навбаҳор" назорат ўйинида ғалабага эришди  1 22:35Эрон. Ўткир Юсупов жамоасидан йирик ғалаба  1 22:13"Бунёдкор" Туркияда "Арсенал"ни мағлуб қилди  1 21:50Саудия Арабистони. Легионерларнинг голлари "Ал Аҳли"га ишончли ғалаба тақдим қилди  1 21:25Гвардиола "Ливерпуль" билан ўйин олдидан: "Ҳатто 1:5 ҳисобида мағлуб бўлганимизда ҳам яхши ўйнаганмиз"  5 21:05Саудия Арабистони. "Ал Насср" - "Ал Иттифоқ" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 20:55Аморим: "Муаммо кўп, ечим йўқ"  4 20:27Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Ростов"га мағлуб бўлди  2 20:05Расман: "Нефтчи"га қўйилган трансфер тақиқи бекор қилинди  8 19:49Бернарду Силва "Манчестер Сити"нинг "Реал"дан учралган мағлубияти сабабларини айтди  8 19:23"Манчестер Юнайтед" "Реал" ва "Барселона" футболчиларига қизиқмоқда  4 18:58"Барселона" Гринвуд учун курашга киришди  5 18:30Стоунз узоқ муддатга сафдан чиқди  16 18:03Гвардиола нима учун Де Брюйнени "Реал" билан ўйинда майдонга туширмади?  7

Ronaldu: “Yoshlarga o'rnak bo'lishga harakat qilib kelaman, ammo bazida qiziqqonlik pand beradi” Yangiliklar

Ronaldu: “Yoshlarga o'rnak bo'lishga harakat qilib kelaman, ammo bazida qiziqqonlik pand beradi”

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Tottenxem"ga qarshi (2:0) uchrashuv tugamasidan maydonni tark etgani uchun klub rahbariyati tomonidan chetlatildi.

U “shporlar” bilan o'yinda zaxiradan tushishni xohlamagan va endi Erik ten Xagning qaroriga ko'ra, “CHelsi”ga qarshi bo'lajak uchrashuvni o'tkazib yuboradi hamda yakka tartibda mashg'ulot olib boradi. 37 yoshli portugaliyalik bunga o'z munosabatini bildirdi.

“O'tgan faoliyatimdagi kabi hamkasblarim, raqiblarim va murabbiylarimni xurmat qilishga hamda o'ynashga harakat qilaman. Bu o'zgarmagan. Men ham o'zgarmaganman. Oxirgi 20 yil davomida qanday bo'lgan bo'lsam, o'sha odamman va hali hamon professionalman, yuqori darajadagi futbol o'ynash va xurmat qaror qabul qilish jarayonida doimo juda muhim ahamiyat kasb etgan.

Futbolga erta kirib kelganman, men uchun yoshi katta va tajribali o'yinchilarning harakati doimo juda muhim namuna bo'lgan. SHu tufayli keyingi faoliyatimda ham barcha jamoalarda etishib kelayotgan yoshlarga o'rnak bo'lishga intilardim. Afsuski, buning uddasidan har doim ham chiqib bo'lmaydi va bazida qiziqqonlik pand beradi.

Ayni vaqt Karringtonda qattiq mehnat qilishda davom etishim, jamoadoshlarimni qo'llab-quvvatlashim va har qanday o'yinda hammasiga tayyor bo'lishim kerakligini his qilmoqdaman. Bosimga berilish esa variant emas. Bu hech qachon bo'lmagan. Bu “Manchester Yunayted” va birga turishimiz kerak. Tez orada yana birga bo'lamiz”, deya sahifasiga post joylagan Ronaldu.

Ronaldu o'yin paytida MYU zaxirasini tark etdi. Ten Xag bu bilan shug'ullanishini aytdi

Ronaldu "Old Trafford"ni "Tottenxem"ga qarshi o'yin tugamasidan tark etdi. U hatto kiyinish xonasiga ham kirmagan

Rasman: Krishtianu Ronaldu jazolandi. U "CHelsi"ga qarshi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmaydi  

Ronaldu umumiy guruhda mashq qilishdan chetlatildi. U endi alohida shug'ullanadi 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика