So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  2 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  7 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Ronaldu yana parvoz qildi. U 71 sm balandlikka sakrab, "Sampdoriya" darvozasini ishg'ol qildi Yangiliklar

Ronaldu yana parvoz qildi. U 71 sm balandlikka sakrab, "Sampdoriya" darvozasini ishg'ol qildi

Ko'pchilikning fikricha, joriy mavsum Krishtianu Ronaldu formada emasligi haqida aytmoqda.

Biroq portugaliyalik endi formaga kiryapti va bu CHempionlar ligasi pley-off bosqichiga yaqin vaqtda sodir bo'lmoqda. Ronaldu so'nggi 5ta uchrashuvda 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Kecha u "Sampdoriya" darvozasiga o'z uslubida zarba berib, "Yuve"ga g'alabani taqdim etdi. DAZN hisob-kitobi bo'yicha, Krish 71 sm balandlikka sakrab, 2,56 metr yuqoridagi to'pga zarba beribdi.

Ronalduning sakrashlari alohida sanat. Bu sakrashlar haqida xatto hujjatli filmlar suratga olishgan. Ronaldo: Tested to the limit (2011) videosini ko'rgan bo'lsangiz kerak. U erda biomexanika bo'yicha mutaxassis Ronaldu 78 sm balandlikka sakrashi mumkinligini aytgan. NBAning o'rtamiyona o'yinchisi sakray oladigan balandlik 71 sm. 


Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Ronaldu tizzasini yig'ib, oyog'ini soni ostiga ko'tarar ekan. "Bu og'irlik markazini vaqtincha ko'tarib turadi va u havoda muallaq turgandek tasavvur uyg'otadi" - deydi olim. Boshqa ekspertning fikricha, Ronaldu tana og'irligini to'g'ri taqsimlaydi. Uning so'zlariga ko'ra, bosh bilan zarba berishning ideal elementi - to'p ostida iloji boricha tananing katta qismini qoldirish.


Ronaldu har doim ham bunday mahsuldorlik ko'rsatmagan. Krishtianu "Manchester Yunayted"dagi dastlabki ikki mavsumida Aleks Fergyuson bilan garov o'ynab, yutqazgan: Ular 10ta goldan bahs boylashgan, Ronaldu debyut mavsumida 6ta, keyingisida 9ta gol urgan. Portugaliyalik dastlabki 3ta mavsumda bosh bilan bor-yo'g'i 3ta gol urgan. O'sha paytlar MYU himoyasida o'ynagan Gari Nevillning aytishicha, hammasi 2006 yil, Germaniyadagi jahon chempionatidan so'ng o'zgargan: "Jismoniy jihatdan u yigitchadan erkakka aylandi. Avvallari Ronalduda bunday kuch yo'q edi, tanaga kuch kirdi va undagi energiya ko'paydi".


Yillar davomida Ronaldu bosh bilan zarba berish ustida ishladi. Krishtianu Evro-2016 yarim finalida 76,2 sm balandlikka sakrab, Uels terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgan. U 2,61 metr balandlikdagi to'pga zarba bergan. Demak, uning boshi darvoza to'sinidan 17 sm tepada bo'lgan. 2013 yil Krishtianu boshi bilan MYU darvozasini ishg'ol qildi va o'shanda Aleks Fergyuson quyidagi so'zlarni aytgan: "Ronalduning tizzasi Evraning boshi darajasidagi balandlikda edi. Buni xatto Messi qila olmaydi".

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика