Ronaldu yana bir rekordni yangilashi uchun 2 ta gol kerak bo'ladi
27 iyu 2020 09:55
Yangiliklar


Ronaldu yana bir rekordni yangilashi uchun 2 ta gol kerak bo'ladi
A Ceriya 36-turida “Yuventus” “Sampdoriya”ni 2:0 hisobida engdi.
Gollardan biriga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Ronaldu uchun bu A Ceriya joriy mavsumidagi 31-gol bo'ldi. Turin klubi tarixida faqat bir futbolchi A Ceriya doirasida 31 tadan ko'p gol urgan. Bu Feliche Borel bo'lib, u 1933/34 yilgi mavsumda 32 ta gol urgandi.
“Yuventus” qolgan ikki turda “Kalyari” va “Roma” bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar