Ronaldu so'nggi 12 yilda birinchi marta mavsum to'purarlari uchligiga kirmadi
27 may 2019 11:10
Yangiliklar


Ronaldu so'nggi 12 yilda birinchi marta mavsum to'purarlari uchligiga kirmadi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining joriy mavsumida to'purarlar ro'yxatida to'rtinchi o'rinni egalladi.
Portugaliyalik A Seriyaning 31ta uchrashuvida 21ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 2007 yildan beri o'zi o'ynagan chempionat to'purarlari uchligiga kirib kelgan Ronaldu joriy mavsum bu vazifani uddalay olmadi.
Italiya chempionatining eng yaxshi to'purari sovrini "Sampdoriya"ning 36 yoshli hujumchisi Fabio Kvalyarellaga nasib etdi (26ta gol). Ikkinchi o'rinni "Atalanta" forvardi Duvan Sapata egalladi (23ta gol). Kshishtof Pentek uchinchi o'rin sohibiga aylandi (22ta gol).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar