Ronaldu "Real"ning "Shalke-04"ga qarshi o'yinini sharmandalik deb atadi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2015, 12:12
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Shalke-04"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan so'ng, o'z his-tuyg'ularini yashirib o'tirmadi.

Karlo Anchelotti shogirdlari chorak finalga yo'l olishdi, ammo o'z maydonlarida 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi. O'yinning so'nggi daqiqalarida Ronaldu o'z jamoadoshi Karim Benzemaga "Real"ning o'yinini sharmanda deb atadi. Uchrashuv yakunida muxlislar o'z sevimlilarini xushtakbozlik bilan "siylashdi".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com