Ronaldu "Real" rahbariyatiga klubni tark etish haqida gapirmaganini aytdi
30 iyu 2017 16:35
Yangiliklar
Ronaldu "Real" rahbariyatiga klubni tark etish haqida gapirmaganini aytdi
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubini o'zgartirishi haqidagi OAVda tarqalgan gaplarni aytmaganini malum qildi.
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi buni "Qirollik klubi" rahbariyati vakillari bilan uchrashuvda elon qildi. Biroq futbolchi soliq ayblovlari tufayli o'zini haqoratlangandek his qilayotganini tan oldi.
Oldinroq Ispaniya prokuraturasi Ronalduga bir necha yil davomida 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lashdan bo'yin tovlagani borasida ayblov elon qilgan edi.
Ronaldu kelasi haftada "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashadi.
Fikrlar