Ronaldu "Real" rahbariyatiga klubni tark etish haqida gapirmaganini aytdi

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2017, 16:35
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubini o'zgartirishi haqidagi OAVda tarqalgan gaplarni aytmaganini ma'lum qildi.

Portugaliya terma jamoasi futbolchisi buni "Qirollik klubi" rahbariyati vakillari bilan uchrashuvda e'lon qildi. Biroq futbolchi soliq ayblovlari tufayli o'zini haqoratlangandek his qilayotganini tan oldi.

Oldinroq Ispaniya prokuraturasi Ronalduga bir necha yil davomida 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lashdan bo'yin tovlagani borasida ayblov e'lon qilgan edi.

Ronaldu kelasi haftada "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo