Ronaldu rafiqasining tug'ilgan kunini nishonlashda karantin qoidalarini buzdi
28 jan 2021 21:15
Yangiliklar


Ronaldu rafiqasining tug'ilgan kunini nishonlashda karantin qoidalarini buzdi
Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodrigesning tug'ilgan kunini nishonlash uchun Italiyaning boshqa mintaqasiga Kurmayor yaqinidagi Val Veni vodiysida joylashgan tog'-chang'i kurortiga jo'nab ketgan va mamlakatdagi karantin qoidalarini buzgan. Juftlik rasman yopilgan mehmonxonada qolib, Jorjinaning 27 yoshga to'lganini nishonlagan. Hozircha ularga hech qanday jazo qo'llanilmadi.
Qayd etish joiz, Ronaldu kecha Italiya Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan SPAL (4:0)ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar