Ronaldu PSJda Mbappening o'rnini egallashi mumkin
29 may 2021 23:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639818_original.jpg)
![](/upload/storage/639818_220.jpg)
Ronaldu PSJda Mbappening o'rnini egallashi mumkin
PSJ "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
"La Gazzetta dello Sport"ning xabar berishicha, parijliklar 36 yoshli futbolchini 2022 yilda shartnomasi tugaydigan, uni uzaytirishdan bosh tortgan Kilian Mbappening o'rniga olib kelishmoqchi.
PSJ portugaliyalik yulduzni qo'lga kiritish uchun kelishuv shartiga "keksa sinora" azaldan qiziqib kelgan hujumchi Mauro Ikardini qo'shishga tayyor.
Ronalduning o'zi ham yozda jamoasini o'zgartirmoqchi. O'tgan mavsumda u 44 ta o'yinda 36 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar