Ronaldu Pirlo bilan xayrlashdi
29 may 2021 23:28
Yangiliklar


Ronaldu Pirlo bilan xayrlashdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Andrea Pirloning "keksa sinora" bosh murabbiyi lavozimidan bo'shatilganiga munosabat bildirdi.
"Rahmat, maestro. Sen bilan ishlash men uchun sharaf edi", – deb yozdi yulduz futbolchi o'zining Instagram storisida.
Eslatib o'tamiz, 42 yoshli Pirlo "Yuventus" boshqaruvida bir mavsum ishladi. U Italiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi, A Seriyada 4-o'rinni oldi va CHempionlar Ligasida 1/8 final bosqichigacha etib bordi.
Ronalduning o'zi ham klubni tark etishga yaqin turibdi. Portugaliyalik allaqachon jamoadoshlari bilan xayrlashgani haqida malumotlar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar