Ronaldu MYU darvozasiga urgan golini nishonlamaydi
23 okt 2018 11:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459297_original.jpg)
![](/upload/storage/459297_220.jpg)
Ronaldu MYU darvozasiga urgan golini nishonlamaydi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning takidlashicha, agar "Manchester Yunayted"ga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida gol ursa, uni nishonlamasligini aytdi.
"To'rt yil oldin MYU darvozasiga urgan golimni nishonlamagan edim, ertaga ham o'z qoidalarimga sodiq qolaman. Bizni og'ir uchrashuv kutib turibdi, ammo murabbiyga quloq solib, yaxshi o'yin ko'rsatsak "Yuventus"da g'alaba uchun imkoniyat bo'ladi. "Manchester Yunayted" - tajribali va ajoyib futbolchilari bor hurmatga loyiq jamoa. Manchesterga qaytganimdan juda xursandman. Bu erda ko'p sovrinlarni qo'lga kiritganmiz va hozirgacha muxlislarning fantastik mehrini eslab yuraman" - deydi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar