Ronaldu “Milan” bilan o'yin haqida: “Qiyin bahs, muhim g'alaba”
11 noy 2019 22:34
Yangiliklar


Ronaldu “Milan” bilan o'yin haqida: “Qiyin bahs, muhim g'alaba”
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya A seriyasining 12-turida “Milan” (1:0) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
“Qiyin bahs, muhim g'alaba”, deya post qoldirdi portualiyalik futbolchi o'zining Instagramdagi sahifasida.
Mazkur bellashuvda Ronaldu 55-daqiqada turinliklar ustozi Mauricio Sarri tomonidan zaxiraga olindi.
Qatorasiga ikkinchi uchrashuvda zaxiraga olingan portugaliyalik futbolchi maydondan to'g'ri echinish xonasiga yo'l oldi va o'yin yakunini kutmay, jamoadoshlaridan oldin stadionni tark etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar