Ronaldu kuchli chempionatlarda ketma-ket besh mavsum 30ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2015, 13:43
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropaning kuchli chempionatlarida ketma-ket besh mavsum 30ta va undan ko'p gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Ronalduning Ispaniya chempionati 25-turida "Vilyarreal" darvozasiga penaltidan urgan goli, uning mavsumdagi 30 goliga aylandi. U oldingi Ispaniya chempionati mavsumlarida 31, 34, 46 va 40 ta gol urgan.

Oldinroq ketma-ket to'rtta mavsumda 30tadan ko'p gol urgan futbolchilarning soni 4 nafar edi. Ronaldudan tashqari bu muvaffaqiyatga Deyv Xollidey, Jimmi Grivz va Lionel Messi erishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com