Ronaldu Klozening rekordini takrorladi
19 iyu 2021 21:45
Yangiliklar
Ronaldu Klozening rekordini takrorladi
Ayni daqiqalarda Evro-2020 2-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv Portugaliya va Germaniya o'rtasida bo'lib o'tmoqda.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Krishtianu Ronaldu aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.
Bu 36 yoshli futbolchining Evropa chempionatidagi 12-goli bo'ldi. U Evro va jahon chempionatlaridagi gollari sonini 19 taga (12+7) etkazib, germaniyalik Miroslav Klozening rekordini takrorladi.
Kloze 19 golidan 16 tasini mundiallarda urgan bo'lsa, 3 tasi Evroga to'g'ri keladi.
Fikrlar