So’nggi yangiliklar

18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  2 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  3 18:10"Ал Батеҳ" — "Ал Жазира". Ғаниев ва Фекир асосий таркибда  0 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  1 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  2 13:52"Атлетик" афсонаси Икер Муньяин янги клуби билан шартнома имзолади  2 13:20Про лига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:50Футзал бўйича ЖЧ. Кимлар келди? Кимлар қачон келади?  5 12:30Кейн Роналду, Месси ва Модрич ҳақида гапирди  1 12:13Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйинга кетиш олдидан сўнгги машғулотни ўтказди ГАЛЕРЕЯ  2

Ronaldu ishtirokidagi matbuot anjumani - "Real"dan "Yuventus"ga o'tish oldinga tashlangan qadam" (to'liq) FOTO Yangiliklar

Ronaldu ishtirokidagi matbuot anjumani - "Real"dan "Yuventus"ga o'tish oldinga tashlangan qadam" (to'liq) FOTO

"Yuventus" yozda amalga oshirgan eng "qaynoq" transfer - Ronaldu yangi jamoasi azosi sifatidagi dastlabki matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Yuventus" katta jamoa bo'lgani uchun Turin klubiga o'tish oson bo'ldi. Qaror qabul qilishda hech ikkilanganim yo'q. Italiyaning eng yaxshi klubi, jahonning eng kuchli jamoalaridan biri - "Yuventus". Klub prezidenti Andrea Anelli va jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ajoyib insonlar. "Yuve" doim g'olib bo'lishga o'rgangan top jamoa. Men qarorni ECHl finalidan oldin qabul qilgandim".

- "Yuventus"ga o'tish bu oldinga tashlangan qadam. "Real"dan ketishimni aslo orqaga tashlangan qadam deb hisoblamayman. "Yuventus"dek klub menga chorlov bergani - baxt. Buyuk jamoadan chaqiruv bo'lgani faxr tuyg'usini beradi. Men esa bu jamoani yanada yuqori cho'qqiga chiqishida ko'maklashmoqchiman.  Men doim yoshlarga maydonda va maydondan tashqarida ham o'rnak bo'lishni istaganman. SHundayligimcha qolaman. Mehnat qilishdan to'xtamayman va "Yuventus"ga yangi sovrinlarni olib kelishni xohlayman".

- "Turindagi golimdan so'ng bo'lgan olqishlar - muhim voqea bo'ldi. Har doim ham seni raqib maydonida olqishlashmaydi. Turinlik muxlislarning o'sha paytda golimdan keyingi g'aroyib reakciyasi va bugungi iliq kutib olishgani uchun ular minnatdorman. Men ular oldidagi qarzimni maydondagi harakatlarim orqali uzishga vada beraman. Ishtiyoq va kuch-g'ayratim nihoyatda katta".

- "Turinga tatilga yoki nafaqa chiqish uchun kelganim yo'q. Men "Yuventus" tarixida o'z nomimni va klubda izimni qoldirishni istayman. Meni doim g'olib bo'lish va sovrinlarga egalik qilish istagim so'nmaydi. Ronaldu doim eng kuchlisi bo'lgisi keladi. Men hech qachon beshta "Oltin to'p" olaman deb o'ylamaganman. Lekin bu sodir bo'ldi. "Yuventus" libosida ham buni takrorlashga harakat qilaman. Nega endi yo'q? Lekin men bu haqda o'ylamayman va kechalari "Oltin to'p" borasida qayg'urib chiqadigan odatim yo'q".

- "Barcha katta jamoalar ECHLda g'olib bo'lishni istashadi. Imkoniyat barchada teng. "Yuventus" esa doimgidek barcha musobaqalarda g'oliblik uchun kurashadi. Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lish nihoyatda og'ir ish. Ammo xotirjamlik va sovuqqonlikni yo'qotmaslik zarur. "Yuventus" oxirgi yillarda ECHL bosh sovriniga juda yaqin keldi. "Ikki quloq"ni ko'tarishga bir qadam qolganida omad ulardan yuz o'girgan. Final o'yinlari doim qiyin va kutilmagan scenariylarga boy o'tadi. Men esa o'sha yakuniy qadamni tashlashga jamoaga yordam bermoqchiman".

- "Italiya A Seriyasi juda qiyin chempionat. Ayniqsa taktik taraflama ancha kuchli va murakkab liga. Bu erda taktika katta rol o'ynaydi. Meni faoliyatim davomida hech narsa osonlikcha qo'lga kiritilmagan. SHu boisdan ham Italiyada ushbu qiyinchilik menga yangi muammo taqdim etmaydi. Men qiyin va mashaqqatli mehnat evaziga qo'lga kiritilgan shirin mevani tatib ko'rishni istayman. Men qiyin va taktik kuchli ligada o'ynashga tayyorman. Men xotirjamman va pozitiv kayfiyatda yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapman. O'ylaymanki, yangi mavsum meni faoliyatimdagi navbatdagi muvaffaqiyatli qadam bo'ladi".

- "Yuventus"ning chorlovi menga yangi chaqiriq bo'ldi. Ishonch bilan aytamanki, men bu chaqiriqqa tayyorman. Meni yoshimdagi ko'plab futbolchilar Qatar yoki Xitoyga ketishadi. Lekin men emas. CHunki menga yangi marralarni zabt etish yoqadi. Ayni paytda o'zimning optimal sport formamdaman. Ham ruhan, ham jismonan juda tetikman. Hozir har qachongidan ham ham kuchliroqman".

- "Meni "Real"dagi tarixiy shunchaki ajoyib o'tdi. Madriddagi muxlislarimdan minnatdorman va ularga tashakkur bildiraman. Lekin hozir meni barcha fikr-u hayolim, o'ylarim faqat "Yuve" bilan bog'liq. Men yangi chorlovni qabul qildim va yangi marralar sari dadil qadam tashlashga hozirlik ko'ryapman. Italiyada Krishtianu Ronaldu hali-xamon top futbolchi ekanligini isbotlash uchun keldim. Statistika barchaga malum. Hamma men futbolda nimalarga erishganim haqida biladi. Lekin bu menga muhim emas. Ronalduga ko'proq yangi chorlovlarga "labbay" deya javob qaytarish ko'proq yoqadi. "Manchester Yunayted" va "Real"dagi kabi "Yuventus"da ham o'z nomimni qoldirishni istayman". Hozircha faoliyatim ertaknamo kechdi. "Sporting", "Manchester Yunayted" va "Real". "Yuventus"da ham bu ertak davom etishini xohlayman va buning uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman".

Reyting: +104   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика