Ronaldu - Instagram qiroli
18 iyu 2021 19:06
Yangiliklar
Portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu Instagram tarmog'ida 300 million kuzatuvchiga ega bo'lgan birinchi odamga aylandi.
Krishdan keyingi eng ommabop akkauntlar ro'yxatidan restler va aktyor Dueyn «Skala» Jonson (246 million obunachi), amerikalik xonanda Ariana Grande (244 million) va model Kayli Jenner (241 million) joy olgan.
«Barselona» sardori Lionel Messi Instagram'da 219 million, PSJ hujumchisi Neymarning 152 million kuzatuvchisi bor.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyidayoq Ronalduning ushbu ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari 250 millionga etgandi.
Fikrlar