Ronaldu: "Golimdan va g'alabadan mamnunman"
20 okt 2019 16:43
Yangiliklar
Ronaldu: "Golimdan va g'alabadan mamnunman"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 8-turi doirasidagi "Bolonya"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yuve" futbolchisi ushbu uchrashuvdan oldin 700 raqami tushirilgan futbolkani qabul qilib olgandi.
"700-golimni urganimdan keyin o'zimni boshqacha his qilganman. Klub prezidenti qo'lidan shunday esdalik libosini olish ham yoqimli bo'ldi va bu menga kuch bag'ishladi. Yana bir bor gol urganimdan, "Yuventus" esa qiyin bo'lsa-da, adolatli g'alabaga erishganidan mamnunman", - dedi Ronaldu.
Fikrlar