Ronaldu "Golden Foot" mukofotiga sazovor bo'ldi
21 dek 2020 02:25
Yangiliklar
Ronaldu "Golden Foot" mukofotiga sazovor bo'ldi
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Golden Foot" mukofotini qo'lga kiritdi.
Ushbu sovrin futbolchilarga sportda erishgan jamoaviy va shaxsiy yutuqlari uchun topshiriladi. Uni faqat bir marta yutish mumkin. Ushbu mukofotning o'ziga xosligi shundaki, g'oliblar o'z izlarini CHempionlar xiyobonida (Monako hududida) qoldirishadi.
"Ushbu sovrinni qo'lga kiritganimdan faxrlanaman. Endi mening ham nomim Monakodagi chempionlar taxtasida barcha zamonlarning eng buyuuk futbolchilari qatoriga bitiladi va abadiylashtiriladi. Menga ovoz berganlarga chin dildan minnatdorchilik bildiraman", – dedi Krishtianu.

Malumot uchun, "Barselona" etakchisi Messida bunday sovrin yo'q. "Golden Foot" o'tgan yili Luka Modrichga nasib qilgan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar