Ronaldu: "Faoliyatim yakuniga ko'p mavsum qolmadi"
12 iyu 2024 12:42
Yangiliklar
Ronaldu: "Faoliyatim yakuniga ko'p mavsum qolmadi"
Kecha Portugaliya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Irlandiyani 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Bellashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Bahsdan keyin Ronaldu Portugaliya uchun 39 yoshda gol urish nima ekanligi haqida gapirib o'tdi.
"Gol urish yoqimli, men futboldan zavq olishga harakat qilaman. Mening faoliyatim yakuniga ko'p mavsum qolmaganini bilaman. 35 yoshdan keyin har mavsum o'ynash - bu o'zgacha lazzat. Men 39 yoshdaman va har yilimdan zavq olyapman.
Gollar urish - mening DNKamni bir bo'lagi. Muhimi - o'zingni ishingga bag'ishlash. Mening milliy terma jamoamizga bo'lgan muhabbatim cheksiz.
Sovrinlar? Ular haqida orzu qilaman", - dedi Krishtianu "SportTV" efirida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar