Ronaldu faoliyatidagi 1000-bahsda raqib darvozasini ishg'ol qildi
22 fev 2020 23:31
Yangiliklar
Ronaldu faoliyatidagi 1000-bahsda raqib darvozasini ishg'ol qildi
Krishtianu Ronaldu A Seriya 25-turi doirasidagi SPALga qarshi o'yinni "Yuve"ning asosiy tarkibida boshladi.
"Gracenote Live" xabariga ko'ra, bu bellashuv portugaliyalik futbolchi uchun professional faoliyatidagi 1000-o'yin hisoblanadi.
"Oltin to'p"ning 5 karra sohibi bunga qadar "Sporting" uchun 33 (shulardan ikkitasi Lissabon klubining 2-jamoasi safida), "Manchester Yunayted" uchun 292, "Real" uchun 438, "Yuventus" uchun 73, Portugaliya terma jamoasi safida esa 164 o'yinda maydonga tushgan edi.
Ronaldu 999 o'yinda 724ta golga mualliflik qilgani holda o'zining 1000-bahsiga etib keldi. Bir necha daqiqa avval SPAL darvozasiga yo'l topgan futbolchi o'ziga xos tarixiy natijani qayd etib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar
11:17
Ronaldu: "Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatimni yakunlash? Men asosiy tarkibda o'ynashim kerak" 34
Fikrlar