Ronaldu agenti bilan koronavirusga qarshi kurash uchun katta mablag'ni xayriya qildi
24 mar 2020 21:35
Yangiliklar


Ronaldu agenti bilan koronavirusga qarshi kurash uchun katta mablag'ni xayriya qildi
Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu agenti Jorje Mendesh bilan koronavirusga chalingan bemorlar joylashgan Lissabon va Portudagi uchta intensiv terapiya bo'limiga moliyaviy yordam ko'rsatishdi. Xayriya summasi esa 1 mln evrodan oshgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Portudagi shifoxonaning yangi intensiv terapiya bo'limiga minnatdorchilik sifatida Ronaldu va Mendeshning nomi berilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar