Ronaldu A Seriyada noyob natija qayd etishga yaqin
14 mar 2021 08:20
Yangiliklar
Ronaldu A Seriyada noyob natija qayd etishga yaqin
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Kalyari"ga qarshi mehmondagi o'yinda gol ursa shaxsiy rekordini o'rnatar edi.
Portugaliyalik futbolchi "Sardenya" arenasidan tashqari barcha A Seriya stadionlarida gol urgan.
Ronaldu "Kalyari"ga qarshi 4ta o'yin o'tkazib, 5ta gol urgan, ammo ularning barchasi Turindagi stadionda amalga oshgan.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Yuventus" safida Italiya chempionati doirasidagi 86ta o'yinda maydonga tushib, 72ta gol urishga erishdi.
Fikrlar